|
![](/i/favi32.png) Mahsulotlari tovarshunosligi
|
səhifə | 21/250 | tarix | 26.10.2023 | ölçüsü | 4,89 Mb. | | #131703 |
| Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligiJaydari un aralashmalardan tozalangan bug‘doy donini dag‘al tortib olinadi, kepagi elanmaydi. Bu nav unda 20% gacha maydalangan kepak, 1,9% gacha kul, yopishqoqligi esa kamida 20% bo‘ladi.
Unning sifati quyidagi ko‘rsatkichlariga: rangi, ta’mi, hidi, yirik-mayda tortilganligi, namligi, kulliligi, yopishqoqligi, kislotaliligiga qarab belgilanadi.
Uning rangi asosiy organoleptik ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga qarab unning navi aniqlanadi. Rangi donning sifati, toza-iflosligi, namligi, kepakning miqdori, mayin tortilganlik (zarralarning o‘lchami) va boshqa sabablarga bog‘liq. Yaxshi sifatli un asta chaynalsa, ta’mi shirinroq bo‘ladi, xos hid sal kelib turishi lozim. Bug‘doy unining sifati uning yopishqoqlik (kleykovina) darajasiga ham bog‘liq. Xamir qancha yopishqoq bo‘lsa, non shuncha ko‘pchib, g‘ovak-g‘ovak bo‘lib chiqadi. Yopishqoqligi 28—30% dan ortiq bo‘lgan bug‘doy uni yaxshi deb hisoblanadi. Un quruq, o‘rtacha quruq, nam va ho‘l turlarga bo‘linadi.
Quruq unning namligi 14% dan oshmaydi.
O‘rtacha quruq un — 14,5% dan 15,5% gacha.
Nam un — 15,5 dan 17% gacha.
Ho‘l un — 17% dan ortiq nam saqlaydi.
Donning tuzilishi.
Bug’doyning asosiy xossalari bo’lib, donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi, shuning bilan birga uning tashkil qiluvchi to’qimalarning tuzi-lishi va tarkibi hisoblanadi. Bug’doy doni qobiqdan, aleyron qatlamidan, unsimon endosperm va murtakdan tashkil topgan
Yormalar, yorma turlari, kimyoviy tarkibi .
Yorma donni po‘sti, aleyron qobig‘i, murtagidan maxsus ishlov berib ajratish asosida olingan butun holdagi yoki maydalangan don mahsulotidir.
Yormalar boshoqli g‘alla ekinlari, grechixa va dukkakli o‘simliklarning donlaridan olinadi.
Dondan yorma tayyorlashda po‘st, qobiq va murtak qisman yoki butunlay chiqarib tashlanib, xiyla qiymatli qismlari qoldiriladi, unga zarur shakl, o‘lcham va tashqi sayqal beriladi. Yorma — butun, ezilgan, donidan va dukkakli ekinlar doni yirik yoki mayda tuyilgan holda chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|