Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar



Yüklə 279,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix04.10.2023
ölçüsü279,67 Kb.
#125317
1   2   3   4   5   6   7
1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113

Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
253
http://interscience.uz
jihozlari”, “Yuvinish vositalari”, ”Kiyimlar”, “Tabiat hodisalari”, “Yo‘l harakati 
qoidalari” mavzularida rasm chizish, applikatsiya, loy va plastilindan foydalanib 
yasash, gerbariy tayyorlash hamda she’r yoki topishmoqlar yod olish kabilar.
MTTda atrof olam bilan tanishtirishga oid tadbirlar tayyorlash metodikasi. 
Tadbirlar o‘tkazish uchun tarbiyachilarga didaktik topshiriq va tarqatmalar 
tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. Bolalarda ijodiy qobiliyatlarni 
rivojlantirish muhim sanaladi. Shu boisdan rivojlantiruvchi muhitga mos komfort 
sharoit yaratish talab etiladi masalan: Bolalar studiyasi, Kichik ustaxona tashkil 
etish, “Yog‘och ustaxonasi” daraxt va yog‘ochdan uy va boshqa buyumlar yasash; 
“Mohir qo‘llar olami” tashlandiq materiallardan qurish yasash, “Tikuvchilik atelesi” 
to‘garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bolalar o‘quv-tarbiyaviy faoliyat 
davomida predmetlarni turlariga ko‘ra guruhlaydilar, tabiat va insonlar o‘rtasidagi 
munosabat o‘rtasidagi bilimlarni tizimlashtiradilar, atrofdagi predmetlarning 
belgilari kattalik, rangi, hayotiy faoliyatda foydalanishni o‘rganadilar. 
Xulosa va takliflar. Yuqorida keltirilgan mulohazalardan kelib chiqib
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni quyidagilardan 
iborat bo‘lishi lozim degan xulosaga kelish mumkin:
Bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini 
tashkil etishda “Ilk qadam” o‘quv dasturi talablari va tamoyillariga rioya etishda 
innovatsion faoliyat (fasilitatsiya, moderatsiya, tyuterlik, kouch) elementlaridan 
samarali foydalanish. 
O‘quv–tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda kollaborativ muhitni yaratishga 
erishish, ya’ni har bir bosqich uzviy ketma-ketlikda, bolalarning o‘zaro hamkorligida, 
har bir bosqichda bajarilgan ishlarning keyingi bosqich uchun muhimligini anglagan 
holda bolalarda mas’uliyat hissini oshirishga e’tibor qaratish. Natijada bolalarning 
jamoadagi mavqei (status)ni sezish, hurmat qilishga sharoit yaratiladi. 
Pedagogik jarayondan kutilayotgan natijalarni kafolatlashga erishishda 
prognostik (har bir tarbiyalanuvchining imkoniyatlarini oldindan bilgan holda 
o‘quv topshiriqlar murakkablik darajalarini belgilash va ularni tayyorlash) - 
diagnostik (jarayonda o‘zini oqlamagan metod yoki yondashuvlarni tahlil qilish 
orqali moslashuvchan variantlarini tayyorlash hamda bolalar hatti-harakatlaridagi 
salbiy holatlarning sabablarini bevosita faoliyatda kuzatish) metodlardan samarali 
foydalanish orqali interfaol o‘quv muhitini yaratish kerak.
Bolalarda o‘z hatti-harakatlarini idora etishda ixtiyoriy qobiliyatning yetarli 
emasligini inobatga olgan holda har bir bolaga individual yondashish, ularda bilishga 
qiziqishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘yin turlaridan samarali foydalanish. Katta 
va tayyorlov guruh bolalarida mustaqillik,o‘z hatti-harakatlarini boshqarish, o‘zini 
o‘zi tashkil etish ko‘nikmasi mavjudligi bois, ularda savodxonlik malakalarini 
shakllantirishda oila, maktab va boshqa tashkilotlar bilan manzilli korporativ 
hamkorlikni kuchaytirish.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta ta’limiy sikl amalga oshiriladi shudan kelib chiqib, 
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglariga ushbu tavsiyalarga amal qilishlari 
lozimligini taklif etamiz:
bolalarda faollikni uyg`otish-motivatsiya berish;
yuz berayotgan o`zgarishlarni anglash, voqea-hodisalar ma’nosini tanish yoki 
notanish so`zlar bilan ifodalash, odatiy yoki noodatiy voqealarni tushuntirish
ijodiy faoliyatda o`rganayotgan ob`yektga munosabatini bildirish-refleksiya;
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bolalarni psixologik xususiyatlariga mos ravishda 
samarali shakl, usul va vositalarni tanlash va hokazo.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev Sh.M. 2017- 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror. 29.12.2016 y., PQ-2707, 



Yüklə 279,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə