Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


TOM HIKMATLI TUSHINI HIKOYA QILIB BERADI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə21/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

TOM HIKMATLI TUSHINI HIKOYA QILIB BERADI

Tornning katta, maxfiy siri ham xiiddi mana shunda: hammalari birga uylariga qaytib kelib, o'zlari uchun yig'ilgan ta'ziya marosirnining boshida turishlarida edi. Ular shanba kuni bir xodaga minishib, daryoning narigi betiga o'tib oldilar-da, qishloqdan besh-olti mil pastroqdan chiqib, o'rmon ichida, lining bir chekkasiga yaqin yerida tunadilar. Tong otgan zamon cherkovning ichidagi siniq kursilar orasida uxlab olgan edilar.


Dushanba kuni ertalab nonushta vaqtida Polli xola bilan Meri ikkovlari ham Tomga juda mehribon bo'lishib, uning butun istaklarini bajarar edilar. Suhbat juda qizg'in davom etayotgan paytda PoJli xola turib:

  • Ko'rdingmi, Tom, men bu ishni qiziq emas, deb aytmayman, sizlar faqat o'zlaringizning xursandchi-liklaringiz uchun hammamizni qariyb bir hafta azob chektirdingiz, biroq men sening tosh yurakligingdan, meni oz sevganligingdan xafa bo'laman. Sen o'zing uchun bo'layotgan ta'ziya va motam marosimingni ko'rish uchun xoda ustiga minib suvdan o'tib kela olar ekansan, uyga kelib o'zingning o'lmaganligingni, balki qochib ketganligingni menga bildirsang bo'lar edi.

  • Ha, Tom, sen bu ishni qila olar eding, - dedi Meri, -albatta, agar bu ish xayolingga kelganda, sen buni qilar eding.

  • Shundaymi, Tom? Sen shunday qilar edingmi? -Polli xolaningyuzida qayg'uli iljayish paydo bo'ldi: - qani ayt-chi. Tom, agar xayolingga kelib qolsa, shunday qilar edingmi?

- Bilmadim... Agar shunday qilsam, ishlarimiz butunlay buzilar edi-da...
- Oh, Tom, sen meni ozgina bo'lsa ham yaxshi ko'rarsan, deb umid qilar edim, - Polli xola bu so'zlarni shunday qayg'uli ohangda aytdiki, buni eshitib bola ham ancha behuzur bo'ldi. - Hech bo'lmasa, sen bu haqda garchi bir o'ylab ko'rsang edi. Men seni shunday qilsang bo'lar edi, deb aytmayman, lekin, sen hatto shunday qilishni o'ylab ko'rmading ham.

  • Ha, xola, bu hali hech gap emas, - dedi Meri so'zga aralashib. - Tomning miyasida har doim shamol aylanib yuradi, buni bilmaysizmi? U har doim shunday tashvishlar bilan yuradiki, bunday narsalarni o'ylashga vaqti ham bo'lmaydi.

  • Ana shunisiga ko'proq achinaman-da! Sid bo'lsa, buni o'ylar va albatta shunday qilar edi. Oh, Tom, bir kun kelarki, meni aqalli ozgina bo'lsa ham sevish-ga urinmaganing uchun achinarsan... achinarsan, lekin keyingi achinganingning foydasi bo'lmas.

  • Qo'ying endi, xola, sizni qanchalar yaxshi ko'rishimni o'zingiz yaxshi bilasiz-ku! - dedi Tom.

  • Agar bu narsa ozgina bo'lsa ham sening harakatlaringdan ko'ringanida, men buni hammadan ham yaxshiroq bilgan bo'lar edhn.

  • Xayolimga shunday fikr kelmaganiga hozir juda achinmoqdaman, - dedi Tom o'kinch ohangi bilan, -xayolimga kelmasa ham men sizni tushimda ko"rdim, shuning o'zi ham katta gap emasmi?

  • Tush ko'rish nima degan gap, mushuklar ham tush ko'radilar-da, harholda hech narsa bo'lmagandan ko'ra, shu ham durust. Qani tushingda nhnalarni ko'rding?

- Tushimda shuni ko'rdim. Chorshanba kuni kechqurun tushimda siz karavot yonida o'tirgansiz. Sid sizning oldingizda taxta yashik ustiga o'tirib olgan, Meri uning yonboshida o'tirar edi.
- Xo'sh, nima bo'libdi, o'znniz ham xuddi sen aytgandek o'tirgan edik. Hammavaqt ham shunday o'tiramiz.

  • Keyin Jo Garperning onasi hani shu yerda o'tirgan emish.

  • Chin dan ham u shu yerda o'tirgan edi-ya! Xo'sh, tushingda tag'in nnnalarni ko'rding?

  • Ey, juda ko'p, har xil narsalarni ko'rdim, faqat hozir yodhnda yo"q.

  • Qani, esingga ol-chi, nahotki shuni ham eslay olmasang?

  • Keyin, tushimda... shamol turib... shamol, shamol...

- Qani yaxshilab esingga ol, Tom shamol nima qildi?
Tom barmog'ini peshonasiga malikani bosib turdida, biror daqiqa chamasi bulariii kuttirgandan keyin:

  • Ha, eshnga tushdi. Esimga tushdi, shamol shamni o'chirdi.

  • Xudoyo tavba, tavba. Qani, Tom, keyin nima bo'ldi?

  • Keyin siz «eshik ochilib qoldimi?» - dedingiz.

- Undan keym, Tom, undan keyin nima?
-To'xtang, esimga tushirib olay-da... Ha, ha, siz eshik ochilib qolganga o"xshaydimi, dedingiz.
- Ha, ha, men xuddi shunday degan edim, esingda bormi, Meri? Ha, undan keyin?

  • Undan keyin... Undan keyin...Uyog'i mening esimda yo'q... Ammo siz Sidga buyurdingiz...

  • Qani, qani, Sidni nimaga buyurdhn?

  • Siz uni... Siz unga eshikni yopib kel, deb buyurdhagiz, shekilli.

  • Xudoyo tavba qildhn, bu qanday gap! Bunday tushni men umrim bmo bo'lib eshitmagan edhn. Mana, shundan keyin ham tushga ishonmang-chi! Men hozir yugurib borib shularning hammasini missis Garperga aytib beraman. Qani, shuni eshitgandan keyin ham bo'lmag"ur narsalai'ni so'zlarmikan. Qani, so'zla-chi, Tom, keyin nima bo'ldi?

- Men endi hammasini eslab oldim! Keyin siz ineni, o'zi yomon emas, faqat juda sho'x dedingiz, keym mendan bir narsani talab qilishni... nima? Allanarsa bilan, toychoq bilan teng dedingizmi?

  • Ha, ha, men xuddi shunday degan edim. Ey xudoye-y. Xo'sh, qani, Tom, keyin nima bo'ldi?

  • Keyin siz yig'ladingiz.

  • Rost, rost, o'shanda yig'lagan edim-a? Undan keyin-chi?

Keyin missis Garper yig'lab, Jo ham yaxshi bola edi, qaymoqni o'zim to'kkan ekanman, bekorga uni urganman, dedi.

  • Ajab qiziq-a, bu tushdagi narsalar. Qani undan keyin.

  • Keyin Sid aytdiki...

  • Men hech narsa deganim yo'q edi-ku, - dedi Sid.

  • Yo'q, Sid, sen o'shanda bir narsa degan eding, - dedi Meri.

  • Bo'ldi, tinch o'tiringlar, so'zga aralashmanglar. Qani, Tom, u nima dedi?

  • U, u dunyoni yaxshiroq bo'lishiga uinid qilganini aytdi. Lekiii men awaldan yaxshi bola bo'lganimda edi...

  • Voy tavba! Eshitdinglarmi? Xuddi o'shaning aytgan so'zlarining o'zginasi-ya.

  • To'g'ri, men uni o'shanda urishgan edim. Yo'q, o'sha vaqtda bu yerda farishta bo'lgan va o'sha farishta borib sening ko'nglingga solgan bo'lsa kerak.

  • So'ngra missis Garper, Jo to'g'risida gap ochib, uning to'pponchasini xuddi onasining burni ostiga keltirib otganlarini so'zladi, siz bo'lsangiz unga lnushugimiz Piter va dorivor to'g'risida hikoya qilib berdingiz.

  • So'zlaring hammasi to'g'ri.

  • Keyin bizlarni suvdan qidirganlaringizni, yakshanba kuni biz uchun motam tutmoqchi bo'lganingizni so'zlab, missis Garper bilan quchoqlashib yig'ladingiz, shundan keyin u chiqib ketdi...

  • Xuddi o'zginasi-ya! Agar shunday bo'lmasa, mana shu o'tirgan yerimdan turmayin. Tom, agar shularning hammasini ko'rib, o'z qulog'iiig bilan eshitganingda ham, bunday batafsil so'zlab bera olmas eding. Xo'sh, keyin nima bo'ldi?

  • Keyin men uchun duo o'qidingiz shekilli, men bo'lsam duongizning har bir kalimasini eshitdim va sizni ko'rib turdim. Keyin siz uxlash uchun yotdingiz, mening sizga shunday rahmim keldiki, men bir bo'lak po'stloq olib o'sha po'stloqqa «Biz o'lganimiz yo'q, biz qochib ketib, qaroqchi bo'ldik<>, deb yozib stol ustiga, sham yoniga qo'ydim. Shu vaqt siz uxlab yotar edingiz, uyquda yotganingizda sizning yuzingiz shunday ko'rkam, shunday shafqatli ko'rindiki, men tepangizga borib, engashib, labingizdan o'pib oldim.

  • Chindanmi Tom, chindanmi? Bo'lmasa, ana shu qilgan ishing uchun men gunohlaringni kechirdim.

Shu so'zlar bilan kampir uni quchog'iga mahkam bosib oldi, bola esa o'zining eng so'nggi yaramas bola bo'lganini sezdi. Sid go'yo o'zicha so'zlagandek bo'lib:

  • Garchi uning bu qilgan ishi tush bo'lsa ham, harholda u juda yaxshi ish qilgan, - dedi.

  • Tovushingni o'chir, Sid! Kishi o'ngida qiladigan ishlarini tushida ham qila oladi. Ma, Tom, mana bu katta olma senga! Men bu olmani seni topilib qolar, degan umid bilan ko'p vaqtlardan beri saqlab yurar edim. Qani, bolalar, maktabga boringlar, endi vaqt bo'ldi...

... Bolalar maktabga jo'nadilar, kampir bo'lsa, o'z bolasining ajoyib tushlarini hikoya qilib berish uchun missis Garperning oldiga ketdi. Sid uydan chiqib ketayotib o'ylagan narsasini aytishni lozim ko'rmadi. U o'z xayolida:
«Shunchalik uzundan-uzoq va qiyin tushlarni ko'rish mumkinmi? Bular hammasi bo'lmagan, to'qima gaplar», - der edi.
Tom endi shunday qahramon bo'ldi-ya! U hozir lrg'ish-sakrashlarni ham tashlagan, u go'yo hammaning ikki ko'zi o'zida ekanini sezib turgan qaroqchi o'g'rilardek, o'zini juda jiddiy tutadi. Chindan ham shu vaqt hammaning ko'zi unga tikilgan. U, sirtdan qaraganda, kishilarning o'ziga tikilib turushlarini ko'rmagandek va o'z to'g'risida aytilayotgan so'zlarni eshitmagandek bo'lsa ham, ammo ko'nglida bunday maqtovlardan zavqlanib yurar edi. Mayda bolalar to'planishib, uning orqasidan yugurishib borardilar, ular ham o'zlarining Tom bilan yonma-yon ketayotganliklarini kishilar ko'rishidan fahrlanar edilar. Tom go'yo biror marosimning oldiga tushib ketayotgan do'mbirachi yoki turli-tuman hayvonlar oldida ketayotgan bir filga o'xshar edi. Uning tengdoshlari o'zlarini uning ketib qolganidan xabarsizdekko'rsatmoqchibo'lsalarham, shu bilan birga unga juda qattiq rashk qilar edilar. Bu bolalar Tomdek quyoshda kuygan qop-qora tanli va shunday shuhratli bo'lish uchun bor narsalarini berishga rozi edilar.
Maktabda bolalar Tom bilan Jo Garperni shunday maqtay boshladilar va ularning ko'zlarida shunday bir zavq va shodlik belgilari porlar ediki, ularni ko'rgan bu ikkala qahramon o'zlarini darhol jiddiy tutib, kibrlana boshladilar. Nihoyat yonlaridan trubkalarini chiqarib, hech bir uyahnay-netmay tamakilarini tutata boshlashlari bilan bularning shuhratlari yanayam ortib ketdi.
Tom o'zicha: «Endi Bekki Techersiz ham yura olarman» degan qarorga keldi. Uning shuhrati endi yetib ortardi. U endi shuhrat uchungina yashaydi. Hozir u shunday mashhur bir kishi bo'lgan paytda Bekki uning bilan yarashishni istardi. Mayli, bilganmi qilaversin! U xuddi shuni o'ylab turgan paytda Bekki kelib qoldi. Tom uni ko'rsa hamki, o'zini ko'nnaganga soldi. U bir chekkaga borib, bir to'da o'g'il va qiz bolalarga qo'shildi-da, ular bilan suhbatga kirishib ketdi. Ko'p o'tmay Tom Bekkining shodlik bilan u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganini ko'rdi. U. yuzlari qip-qizarib, ko'zlari chaqnagaii holda shu qizlar bilan quvalashib yurishga butunlay berilib ketib, haddan tashqari shodlanar va qlzlardan birortasini tutib olsa, shodlanib chinqmb yuborar edi. Lekin Tom sezdiki, qiz garchi shunday shod ko'rinsa ham Tom turgan yerga yaqinroq kelishga urinar va ko'z ostidan uni kuzatib yurar edi. Tom buni ko'rib juda kibrlanar, lekin u hali ham o'zini qizni ko'rmaslikka solib turar edi. Keyin Bekki qizlar bilan quvlashishdan to'xtab, nima qilishini bilmay, uzoqroqda yura boshladi va sekin-asta bildirmasdan Tomga qarab-qarab qo'yardi. Birdan u Tomning hammadan ko'proq Emmi Lorens degan qiz bilan so'zlashayotganini payqadi. Bekki ularga yaqinroq kelib, ular bilan deyarlik yonma-yon turdi-da, yasama shodlik bilan o'rtoqlaridan biriga qarab:

  • Meri Ostin, sen juda yaramas qiz ekansan-a, nega yakshanba maktabga bormading? - dedi.

  • Bordim-ku, ko'rmadingmi?

  • Yo'q, ko'rmadim. Qayerda o'tirgan eding?

  • Har qachongiday. Men seni ko'rdim-ku.

  • Chindanmi? Men seni ko'rmabman. Bizda bog' sayili bo'ladi, senga shuni aytmoqchi edini.

  • Ha, ha, bu juda qiziq bo'lar. Uni kim qiladi?

  • Oyim, mening uchun qilayotir.

  • Qanday yaxshi-ya! Meni ham chaqirarmikan?

  • Albatta chaqiradi. Bu bog' saylini men uchun qilayapti. Demak, u xohlagan kishilarimning hammasini chaqiradi-da. Men sening ham o'sha yerda hozir bo'lishingni istayman.

  • Rahmat aytaman. Qachon bo'ladi u?

  • Hah bilmayman. Balki kanikul vaqtida bo'lib qolar.

  • Juda qiziq bo'lar ekan-da! Sen o'g'il va qiz bolalarning hammasini chaqirasanmi?

- Ha, men bilan do'st bo'lib o'tganlarni yoki do'st bo'lishni istaganlarning hammasini chaqiraman.
Shu so'zlar bilan u sekin-asta ko'z ostidan Tomga qarab qo'ydi. Tom esa shu vaqt Emmi Lorensga kichkina oroldagi dahshatli bo'ron to'g'risida va o'zi turgan yerdan nihoyat uch qadamgina naridagi bir anjir da-raxtiga chaqmoq tushgani hamda uni yondirib tash-lagani haqida hikoya qilib turgan edi.

  • Men ham borsam bo'ladimi? - deb so'radi Gresi Miller degan bir qiz.

  • Bo'ladi.

  • Men ham borsam bo'ladimi? - dedi Salli Rojers degan qiz.

  • Albatta bo'ladi.

  • Men ham boraymi? - dedi Suzi Garper, - Jo ham borsinmi?

- Ha, ha, bo'lmasa-chi.
Bolalarning hammasi unga shu bir xildagi savolni berar va undan qabul javobi olganlari uchun shodlanib chapak chalar edilar. Natijada Tom bilan Emmidan boshqa bolalarning hammasi taklif qilhigan bo'ldi.
Biroq, Tom so'zini bo'lmasdan, tinchgina Emmini ergashtirib bir chetga chiqib ketdi. Buni ko'rgan Bekkining lablari qaltirab ko'zlariga yosh keldi, biroq u xafachiligini bildirmasdan o'zini xursandlikka solib, so'zlashib turar, lekin shunday bo'lsa ham uning butun kayfiyati o'zgargan edi. U o'rtoqlaridan ajralib, bir panaroq yer topib oldi-da, sinfga kirish uchun qo'ng'iroq chalinguncha ranjigan holda o'sha yerda o'tirdi.
Qo'ng'iroq chalingandan keyin o'rnidan turdi-da, g'azab bilan ko'zlarini chaqnatib, o'z-o'ziga: «Endi bilib ishimni qilaman», deb qo'ydi.
Tanaffus vaqtida Tom yana o'sha Emmi Lorens bilan so'zlashishda davom etdi va Bekkining g'ashini keltirish uchun jo'rttaga uni axtarib ketdi. U Bekkini maktab orqasidagi kursida Alfred Tempi bilan birga, bir kitobning rasmlarini ko'rib o'tirgan holda topdi. Ularning ikkovi ham qo'llaridagi kitobga shunday berilgan edilarki, go'yo hech narsani sezmas edilar. Boshlari bir-birlariga tegay deb turardi. Tomning tomirlarida rashk qoni jo'sh urdi. Yarashish uchun qilgan taklifini Bekki qabul qilmaganligi Toniga judayam alam qildi. U o'zini ahmoq der va esiga kelgan har bir yomon so'zlar bilan so'kar, alamiga chidayolmay yig'lamoqchi ham bo'lar edi. Emmi awalgidek shodlik bilan so'zlashishda davom etar, chunki uning ko'ngli shodlik bilan to'lgan edi, biroq Tom esa go'yo tili yo'q bo'lib qolgandek edi. U Emmining so'zlariga hech quloq solmas va Emmining so'ziga javob qaytarish kerak bo'lib qolsa, qizning so'zlariga hech bir aloqasi bo'lmagan tuturiqsiz so'zlarni aytib, ming'illab qo'yar edi. Shu bilan birga u qiz bilan aylanib yurarkan, har qanday qilib bo'lsa ham ular o'tirgan kursining yaqin-rog'idan o'tib ketishga tirishar edi. Nihoyat Emmining shodlik bilan chuldirab so'zlashi Tomni zeriktira boshladi. Tom unga: «Mening falon yerga borishim kerak, ana unday, mana bunday qiladigan ishlarim bor» degani ham kor qilmas, qiz to'xtamay chuldii'ashda davom etar edi. -Bundan keyin yana shu ishni qilma!>. - der edi va go'yo mushtlashida Tom g'olib bo"lib chiqdi. Soat o'n ikki bo'lganda Tom maktabdaii uyiga ketib qoldi. Bekki Alfred bilan birga surat ko'risbda davom etar edi.
Biroq vaqt o'tib borar, Tom qaytib kelmas edi, shuning uchmi Bekki sirtdan shod ko'rinsa ham, ichida xafa edi. U surat ko'riahdan ham zerikdi. O'zini dastlab jiddiy tutib, so'ngra indamay parishon holda ko'rindi. Keyin xafachiligi ortib, o'zini butunlay baxtsiz sezib Tom bilan o'zi o'rtasidagi adovatini shunchalik chuqurlashtirib yuborgani uchun achinar edi. Bechora Alfred, qizning nima sababdandir o'ziga e'tibor qilmay qo'yganini sezib, tinmay: «Oh, mana bu rasmni ko'ring. Mana bunisi qanday yaxshi, ekan-a!» der edi. Nihoyat qiz uning harakatlariga chidab tura olmadi-da: Qo'ysangizchi, suratlaringiz ham qurib ketsin, juda bezor qildingiz-ku! deb jerkib berdi va yig'lab o'rnidan turib ketdi. Alfred uni ovutmoqchi bo'lib, orqasidan yugurgan edi, u yana bunga o’shqirib:
- Gapirmang menga! Nari turing, juda yomon ko'rdim sizni! - dedi.
Bola unga nima yomonlik qilganini bilmay hayron bo'lib turib qoldi. U hamina tanaffuslarda birga o'tirib, surat ko'rmoqchi bo'lgan edi-ku! Endi birdan ketib qolishining sababi nhna? Alfred xafa holda bo'sh sinf ichiga kirib o'tirdi. Uning g'azabi qaynab ketgan edi. Qizning u bilan birga o'tirishi faqat Tom Soyerning g'ashini keltirish uchun bo'lsa kerak. Shu fikr bilan unda Tomga zimdan adovat qo'zg'ala boshladi.
U qanday bo'lsa ham, dushmaniga yomonlik qilishni xohlar edi. Shu vaqt uning ko'ziga stol ustida ochiq yotgan Tomning o'qish kitobi ko'rindi. Ana qulay ish!
U kitobning xuddi shu bugun darsda o'qiladigan yerini topib, o'sha betiga siyoh to'kdi. Xuddi shu vaqtda Bekki deraza yoniga kelib, buning qilayotgan ishini ko'rdi-yu, o'zini ko'rsatinay chetga oldi. Tomni ko'rib, unga bu voqeani aytib berarman, degan umid bilan Tomning uyiga qarab yugurib ketdi. Buni borib aytgani uchun Tom shodlanar va shu bilan awalgi xafachiliklari yozilib, yana topishib ketarlar, deb o'ylagan edi. Biroq yarim yo'lga borib, bu flkridan qaytdi. U maktabda bolalarga bog' sayili to'g'risida so'zlayotganida Tom buni eshitsa ham e'tibor qilmagani esiga tushdi-da, bu ishga aralashmaydigan bo'ldi. «Menga nima? Kitobni rasvo qilgani uchun yaxshilab ta»zirini yesin. Men endi uni yomon ko'ra-man, umrbod yomon ko'raman», der edi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə