Mashina detallari uchun zagotovka turlari va


Mashina detallari yuzalariga mexanik ishlov berish rejasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
MARUZA - 9

Mashina detallari yuzalariga mexanik ishlov berish rejasi 
ularni 
tayyorlashning eng ma‘qul variantini tuzishdan iborat. Reja mexanik ishlov berishni 
harbir qismini o‘zida mujassamlashtirishi zarur: operatsiyalar ketma-ketligi, ularning 
tarkibi va bajarish tartibi. 
Mexanik ishlov berish rejasini tuzishda quyidagilarga etibor berish zarur: 
1) birinchi navbatda detalning shunday yuzalariga ishlov berish kerakki, ular 
boshqa operatsiyalarda o‘rnatish bazasi bo‘lib xizmat qiladi; 
2) keyingi navbatda eng katta metall qatlami olib tashlanishini zarur bo‘lgan 
qatlamli yuzalarga ishlov beriladi, chunki shu holda zagotovkadagi mavjud ichki 
nuqsonlar aniqlanadi


3) mexanik ishlov berishning murakkabligi yoki materialni xususiyatiga bog‘liq 
ravishda nuqson qutilayotgan operatsilar bajariladi; 
4) keyinchalik bajariladigan operatsiyalar talab etilayotgan aniqlik va yuza 
tozaligigabog‘liqravishda olib boriladi. 
Shu nuqtai nazardan, yuza qancha aniq va toza bo‘lsa shuncha kech ishlov 
beriladi. 
Agarda tozaligi yuqori yuzaga avval ishlov berib olinsa va bu yuza keyinchalik 
o‘rnatish yoki mahkamlash yuzasi bo‘lsa u holda yuzaning aniqligi va sifati buziladi. 
5) eng yuqori aniqlik va yuza tozaligiga ega bo‘lgan yuzalarga ishlov beriladi. 
Agar bunday yuzalarga avval ishlov berilgan bo‘lsa yana qaytadan ishlov beriladi. 
6) qora va toza ishlov berishni bitta dastgohda olib borilsa ishlov berish aniqligi 
pasayadi. 
Mexanik ishlov berish rejasi tuzilganda operatsiya qaysi dastgohda bajarilishi 
ko‘rsatilib o‘tiladi. Uning modeli va texnologik imkoniyatlari keltiriladi. Xuddi 
shuningdek, o‘lchamlari, quvvati, unumdorligi, narxi ham keltiriladi. 
Dastgohlarning modeli asosan ishlabchiqarish turiga qarab belgilanadi. Masalan, 
donali 
ishlabchiqarishda 
universal, 
yalpi 
ishlabchiqarishda 
maxsus, 
avtomatlashtirilgan, agregat dastgohlardan foydalaniladi. 
Texnologik moslamalar ham dastgohlar kabi ish unumdorligini ta‘minlash 
maqsadida ishlabchiqarish turiga qarab tanlanadi. Donali ishlab-chiqarishda dastgohni 
o‘zidagi moslamalardan foydalanilsa yalpi ishlab-chiqarishda maxsus moslamalar 
qo‘llaniladi. 
Kesuvchi asboblar ham o‘z navbatida ishlab chiqarish dasturi ortishiga qarab 
maxsuslashib boradi. Buning asosiy sabablari bilan biz siz bilan avvalgi paragrafda 
tanishib chiqdik. 
Xuddi shu kabi o‘lchov asboblarning standartlashgan universal turlari donali 
ishlab chiqarishda qo‘llansa, yalpi ishlab-chiqarishda maxsus chegaraviy kalibrlar
indikatorli qurilmalar va moslamalardan foydalaniladi. 


Kesish maromlarini aniqlashga kirishishdan avval detalning ishlov beriladigan 
yuzalarining o‘lchamlarini hisoblab olish zarur. Bu o‘lchamlardan kesish tezligi va 
vaqt me’yorini hisoblashda foydalaniladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə