Mashina detallari uchun zagotovka turlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
MARUZA - 9

3.2–jadval.
Ishlab chiqarish turini detallarni chiqarish hajmi va massasiga bog‘liqligi 
Detalning 
massasi, 
kg 
Ishlab chiqarish turi 
Yakka 
Mayda– 
seriyali 
O‘rta– 
seriyali 
Yirikseriyali 
Ommaviy 
<1,0 
<10 
10–2000 
1500–100000 
75000–200000 
<200000 
1,0–2,5 
<10 
10–1000 
1000–50000 
50000–100000 
<100000 
2,5–5,0 
<10 
10–500 
500–35000 
35000–75000 
<75000 
5,0–10 
<10 
10–300 
300–25000 
25000–50000 
<50000 
> 10 
<10 
10–200 
200–10000 
10000–25000 
<25000 
 
3.2.5-§. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uslubi 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun har bir 
detalning yillik ishlab-chiqarish dasturi asos bo‘ladi. Xuddi shuningdek, detalning 
ishchi chizmasi, uning tayyorlash bo‘yicha texnik shartlari ham texnologik jarayon 
loyihalash uchun dastlabki ma‘lumot bo‘lib xizmat qiladi. 
Detalning ishchi chizmasida 
quyidagi ma‘lumotlar bo‘lishi kerak: 
a) zagotovka turi; 
b) zagotovka materiali va markasi
v) ishlov beriladigan yuzalar; 
g) tozaligi to‘g‘risida ma‘lumot (shartli belgilar yordamida); 
d) ishlov berish aniqligi va dopusklar maydoni
e) termik ishlov berish turi. 


Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarni loyihalashda 
quyidagi asosiy 
masalalar hal etiladi: 
a) texnologik jarayonni bajarish uchun ishlab-chiqarish turi va ishni tashkil qilish 
shakli belgilanadi; 
b) partiyadagi detallar soni aniqlanadi va ishlab-chiqarish takti o‘rnatiladi; 
v) zagotovka turi, uni olish usuli va o‘lchamlari aniqlanadi; 
g) detal yuzalariga mexanik ishlov berish ketma-ketligi, rejasi tuziladi; 
d) metall kesish dastgohi, kesuvchi asbob va moslamalarning turi texnik 
ko‘rsatkichlari aniqlanib, belgilangan ishni bajarish uchun ularning soni topiladi; 
e) ishlov beriladigan yuzalarni o‘lchamlari hisoblanadi (qo‘yim miqdori 
hisoblanadi); 
j) kesish maromlari hisoblanadi; 
z) operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt me’yorlari belgilanadi; 
i) ishchining malakasi aniqlanadi
k) loyihalangan texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
aniqlanadi; 
l) texnolgik jarayonning hujjatlari rasmiylashtiriladi. 
Ko‘rib chiqilgan masalalarning aksariyat qismini biz avvalgi mavzulardan 
o‘rgandik. 
SHuning uchun ularni ayrimlari ustida to‘xtab o‘tamiz. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə