Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Kasbiy-pedagogik bilimdonlik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə18/109
tarix11.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#147166
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig‘ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko‘ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o‘qituvchi uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchta holat bilan bog‘langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:

  • odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda madaniy muloqotda bo‘lish;

  • fani sohasi bo‘yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o‘qitish mazmuniga moslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;

  • o‘quv axborotlarini boshqalarga bera olish.

Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to‘rtta komponenti bilan xarakterlanadi:

  • shaxsga, insonga yo‘nalganlik;

  • pedagogik voqelikni izchil idrok etish;

  • fan sohasiga yo‘nalganlik;

  • pedagogik texnologiyalarni egallash.

Hozirgi ta’lim sharoitida kasbiy-pedagogik bilimdonlik yana uch komponent bilan to‘ldiriladi:

  • bilimdonlik, umuman, o‘z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati darajasida ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati, unga va vatanimizdagi pedagogikaga integratsiyalasha olish;

  • o‘z safdoshi tajribasi va innovatsion tajribalar bilan o‘zaro samarali munosabat o‘rnatish qobiliyati;

  • o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida namoyon bo‘ladi.

Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.
Pedagoglik mehnatining hamma turlari uning ixtisosi, o‘quv-tarbiya jarayonining xarakteri, ish sharoitlariga qarab muayyan xususiyatlariga ega. Bu jihatdan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risida gapirish mumkin.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga ham maxsus talablar qo‘yar edi. “Jismoniy ta’lim rahbari............ o‘qitishga aloqador bo‘lgan har bir kishi kabi, - deb yozgan edi u, yaxshi ma’lumotli kishi bo‘lishi, o‘z fanini, shuningdek, yosh organizmining formasi va rivojlanishi faoliyatini yaxshi bilishi kerak. Lekin asosiysi – uning intizomili, vazmin, o‘z harakatlarini nozik boshqara oladigan kishi bo‘lishi lozim”.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogi maktabda katta ommaviy ishlarni olib borishadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faollarni tarkib toptiradi va tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi murakkab sharoitlarda ishlaydi. Sport zali sinf xonasiga qaraganda ancha katta, jismoniy tarbiya darslaridagi sharoit vaqti-vaqti bilan almashinib turadi (sport maydonchasi, gimnastika zali, basseyn, chang‘i mashg‘ulotlari uchun ochiq joy va boshqalar), o‘quvchilar xilma-xil va uyushmagan holda foydalananishganda, ko‘pincha xavfli bo‘lgan asboblarni qo‘llaydilar. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yuqori darajadagi harakat faolligi yomon oqibatlarni jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bir kunda turli yoshdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar alohida kuch - g‘ayrat talab etadi, shunday ekan, aniq sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik darajasini hisobga olish lozim bo‘ladi. Umumiy ta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darsida o‘qituvchi faqat aqliy kuchini emas, balki ko‘pgina jismoniy kuch ham sarflaydi, negaki, u tez-tez harakatlarni ko‘rsatib beradi, o‘quvchilar sport snaryadlarida mashq qilayotganda ularni ehtiyotlaydi va hokazo.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi treneri ishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Sport pedagogi trenerning faoliyati jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidan jiddiy farq qiladi. U shug‘ulanuvchilarning sport qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishga, ularning “sportdagi hayot yo‘lini” oldindan aytib berishga qaratilgan.
BO‘SM treneri faoliyatining ba’zi bir spetsifik xususiyatlarini qarab chiqamiz. Ularga quyidagi kiradi:


  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə