Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Tarbiya mazmuning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə36/109
tarix11.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#147166
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

6.2. Tarbiya mazmuning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati.

Tarbiya jarayoninig mohiyati nimadan iborat? Bu oddiy savol bo‘libgina qolmay, pedagogika rivojlanishi shu vaqtga qadar ushbu muammoni yechish yuzasidan ko‘pgina qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo shu narsani bilib olish lozimki, tarbiya tushunchasi har xil mavzuda qo‘llanishi lozim. Masalan, tarbiya deganda, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash deb tushuniladi. Lekin, bu tayyorlash maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshirilishi mumkin.


Tarbiya sportchi shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, shug‘ullanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoqlama faoliyatni sport pedagogi va shug‘ullanuvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida sportchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.
Tarbiya jarayonida sportchining hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.
Psixologik va pedagogik tadqiqotlarga qaraganda shaxsga tashqi omillar ta’siri u xoh ijobiy, xoh salbiy ta’sir ko‘rsatsin, tarbiyalanuvchi tarbiyasida ular ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatni belgilab beradi va uning xulqiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbidan paydo bo‘ladigan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olganligini bilish zarur.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg‘ularini ham o‘stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan hulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun talabaning ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. Talabani tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi.Uning xususiyatlari quyidagicha aks ettiriladi.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir
Jismoniy tarbiya jarayonida spetsifik vazifalarni hal qila turib, shaxsni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. O‘quv ko‘nikma va malakalarini shakllantirish barobarida tafakkur operatsiyalari (taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish), tarbiyadagi axloqiy sifatlar (onglilik, intizom va boshqalar), estetik did ham rivojlantiriladi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishning turli formalarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va hokazolar) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, o‘quv ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni aktiv tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bola ruhiy faoliyatining neyrofiziologik mexanizmi shartli reflektor xarakteriga ega va u bolalik yillari davomida tashqi ta’sirlar, ya’ni tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, fikrlash, his qilish, ongli rivojlantirishning potensial imkoniyatlariga ega bo‘lgan inson organizmi hayotning birinchi kunidanoq, kompleks tarbiyaviy ta’sirni talab qiladi. Bu ta’sir inson shaxsini muntazam og‘ishmay shakllantirib borishga yo‘naltirilgandir, shuning uchun bolaning jismoniy rivojlanishi va salomatligi haqidagi g‘amxo‘rlik uning ma’naviy, aqliy rivojlanishi bilan
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda ob’ektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat trener faoliyati, balki sportchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi o‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan sportchini tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni sportchi va trenerning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. Sportchida ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy qismini oilada, ko‘chada, sport to‘garaklari, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish sport to‘garaklari, sport klublari va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Bundan tashqari, bu qarama - qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir.
Tarbiya vazifalarini to‘la ma’noda faqat o‘quv jarayonida hal etish mumkin emas. Tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgani holda o‘ziga hos qonuniyatlarga ham egadir. Ta’lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ta’lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat. Tarbiya bu har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni va tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish uning ongi va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir.
Tarbiya hayotni bilish, unga tayyorlashdek ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyaning vazifalari ko‘p qirralidir. Tarbiyada o‘quvchining jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e’tiqodini, axloqiy malaka va ko‘nikmalarini extiyoj va intilishlarini tarkib toptirish muhimdir. Bunda o‘qituvchi va tarbiyachilarning yuqori tajribaga ega bo‘lishlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o‘zining Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida shunday deydi “Birovni o‘qitadigan, tarbiya qiladigan inson, avvalo, o‘zi har jihatdan barkamol bo‘lmog‘i shart. Zamon talablari shuki, professor va o‘qituvchilar uzlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan xorijiy mamlakatlar tajribasini, biz endi boshlagan yo‘lni ilgari bosib o‘tgan davlatlar tajribasini qunt va sabot bilan o‘rganib, mag‘zini chaqib, undan keyin o‘z talabalariga saboq berishlari zarur”.
Bolalarni tarbiyalash, ular tug‘ilgan vaqtidan boshlanadi va tizimli ravishda ta’lim berish bilan birga olib boriladi hamda ularni ilk yoshlik chog‘idan boshlab jamiyat hayotida qatnashtiriladi. Bola maktabga borganda bu jarayon davom ettiriladi. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishning bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo‘lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak.
Tarbiya o‘quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo‘yi davom etadi.
Tarbiya ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z xususiyatlariga, o‘ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning shakl va usullariga ega bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim, u tarbiya nazariyasida qarab chiqiladigan masalalar doirasiga kiradi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va hohishlarini ifodalaydi.
Bolaning shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning hulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faolyatga nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashini, baholashini, his qilishini hamda ulardan o‘zi nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y beradi. Tarbiya natijasini shu xilda hisobga olish bolalar tarbiyasini samarali olib borishga imkon beradi. Demak tarbiya bu yosh avlodni ijtimoy hayotga tayyorlash jarayonidir. Tarbiya jarayonining mohiyati – shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsning tarkib topishi jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Lekin tarbiyani bunday tushunish bir tomonlama bo‘lib, o‘zbek maktabining yangi vazifalariga to‘la javob bera olmaydi. Shuning uchun o‘zbek pedagogikasi bolalarning faoliyatini tashkil etishni, ularning to‘g‘ri axloq tajribalarini egallashlari uchun sharoit yaratishni tarbiyaviy jarayonning muhim tomoni deb hisoblaydi.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir.
Bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (hayotga) tayyorlashdan iboratdir.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishni ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jismoniy rivojlanish - odam organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” termini tor ma’noda qo‘llaniladi, bunda u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, bo‘y, og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, umurtqa pog‘onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi o‘lchovining ko‘rsatkichi, o‘ng va chap panja mushaklari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlanish” terminini keng ma’noda qo‘llaganda, unga jismoniy sifatlar( tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotining maqsadlari quyidagilardir:

  1. Bolani salomatligini mustahkamlash;

  2. Bolani jismonan baquvvatlashtirish;

  3. Bolalarni axloqiy sifatlarini tarbiyalash.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə