Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


 Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash uslubiyati



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
ilovepdf merged (2)

 
5. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash uslubiyati 
1. Dars qismlarida oʻquvchilarda toʻgʻri qadi-qomatni shakllantirishga, tuzatishga 
va takomillashtirishga qanday e’tibor berildi? Baho bering. 
2. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: oʻquvchilarga qanday 
topshiriqlar berildi, jismoniy tarbiyaning qanday usullari (qat’iy tartiblashtirilgan 
mashq usullari, oʻyin, musobaqa usullari, aylanma mashq usuli va h.k.) qoʻllanildi, 
ularning maqsadga muvofiqligi va shugʻullanuvchilarning xususiyatlariga, dars 
vazifalariga, dars oʻtkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi. 
3. Darsdagi yuklamani baholash, uning oʻquvchilar xususiyatlariga, dars 
vazifalariga, dars oʻtkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi, yuklamaning hajmini 
va shiddatini boshqarishda qoʻllanilgan metodik usullarni maqsadga muvofiqligi. 
4. Dam olish uchun ajratilgan vaqt, uning qaytarilishi va davom etishi. 
6. Pedagogning tarbiyaviy ishlari 
1. Darsning turli qismlarida tarbiyaviy vazifalarni xal etish uchun qanday 
topshiriqlar berildi. 
2. Oʻquvching aqliy, estetik, va mehnat tarbiyasi uchun nimalar qilindi va ular 
qanday amalga oshirildi (intizomlilik, doʻstlik va oʻrtoqlik xissiyotlarini 
tarbiyalash; oʻquvchilarda mustakillikni, mashqlarni oʻzi bajara olishini, fikrlash 
faolligini oshirishga qaratatilgan metodik usullarni qoʻllash; darsda muammo va 
ijodiy izlanish uchun sharoitlar yaratish, shugʻullanuvchilarning kuzatishda va 
xatolarni tugrilashda, natijalarni baholashda qatnashishlari; oʻzaro oʻrgatish va 
tarbiyalashni tashkil etish). 


3. Pedagogning sinfni boshqara bilishi, oʻquvchilarda ongli munosabatlarni 
shakllantirishi, ularda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishga qiziqish uygʻotishi 
va h.k. 
7. Oʻquvchilarning xulqi 
1. Oʻquvchilarning darsga oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularning darsga, ayrim 
topshiriqlarni bajarishga munosabati. 
2. Shaxsning faollik, onglilik va tashabbuskorlik koʻrsatishi. 
3. Koʻrsatilgan natijalarni nazorat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga boʻlgan 
bardoshligi. 
4. Oʻquv-tarbiya ishlarining mazmuni va natijasidan oʻquvching qoniqish yoki 
qoniqmasligi, ularning emotsional xolati. 
5. Oʻquvchilarning bir-biriga yordam berishi, ularning oʻqituvchiga boʻlgan 
munosabati. 
6. Navbatchi va guruh sardorlarining oʻz burchlarini qanday bajarganliklari
kamchiliklari va yutuqlari. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə