Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
ilovepdf merged (2)

Jismonan kuchliroq oʻquvchilarga individual (qoʻshimcha) topshiriqlar 
berish kerak.
Darsdagi jismoniy tarbiya qoʻyidagicha mutanosiblashtiriladi: 
- oʻyinlar va mashqlar miqdorini oʻzgartirib; 
-mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash bilan; 
- mashqni bajarishga ajratilgan vaqtni koʻpaytirib yoki ozaytirib; 
- mashqni bajarish sur’atini oʻzgartirib; 
- harakatlar amplitudasini koʻpaytirib yoki ozaytirib; 
- mashqni bajarishni murakkablashtirib yoki soddalashtirib; 
- mashqlarni bajarishda turli predmetlarni qoʻllab.


Kasbga taalluqli jismoniy tayyorgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv 
muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan xolda maxsus 
maqsadlarni amalga oshiradi va oʻquvchilar kelajak mehnat faoliyatlarining asosiy 
turlari bilan bogʻliq boʻladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari qoʻyidagilardan iborat: 
1. Oʻquvchilarning hunarga ta’lluqli va zaruriy jismoniy sifatlarni takomillashtirish 
va rivojlantirish. 
2. Aniq hunarga ta’lluqli va organizmga kerakli ruxiy-fiziologik faoliyatlarni 
oʻzlashtirish; 
3. Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va 
past intensivligi, toliqish kabi noxush ta’sirlarni oldini olish; 
Har bir kasb uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari 
tanlangan mutaxassislikka oʻrganish jarayonida va mehnat jarayonining oʻzida 
orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta’lim jarayonini maxsus 
jismoniy mashgʻulotga koʻshib olib borilsa, ish operatsiyalarini oʻrganib olish ancha 
tezrok boʻladi. Koʻpincha jismoniy fazilatlar yetarli darajada taraqqiy etmagani 
kasbiy maxoratga erishish yoʻlida yagona toʻsiq boʻladi. Koʻp xollarda jismoniy 
mashgʻulot qilmagan qilishini mutlaqo ishga qoʻyib boʻlmaydi (refaol aviatsiya 
uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlarning qoʻllanishi professional ta’lim 
saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki 
bunda oʻquv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablagʻlar 
kamayadi. 
Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofaa 
faoliyatiga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina masalalarni xal etishga yordam 
beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan 
barcha kishilarning eng yaqin yordamchisi boʻlib qolmoqda. Tegishli jismoniy 
mashqlar, shuningdek, tashqi muxitning mehnat faoliyatining koʻpgina turlarida 
boʻladigan salbiy ta’siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi, atmosfera 
bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi. 


Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega boʻlmasin, u xech qachon 
insonni jismoniy tarbiyalashning mustaxkam asosi boʻlgan umumiy jismoniy tarbiya 
oʻrnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik 
uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan 
jarayonlari turlaridan biri boʻlib, shaxsning jismoniy ham da u bilan bogʻliq psixik 
fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, maxorat va malakalarini kasbiy 
faoliyatning aniq xususiyatdariga moslab shakllantirishga qaratilgandir. Har bir kasb 
boʻyicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining 
oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda oʻtayotganidan 
kelib chiqadi. 
Mehnat jarayonida kasbiy jismoniy tayyorgarlikka keng oʻrin berilishiga ikki 
xil sabab bor: 
Birinchidan, ayrim mehnat turlarining jismoniy va boshqa sifatlar, 
shuningdek, malakalar katta majmuasini chuqur rivojlantirishni talab qilish 
xususiyati; 
Ikkinchidan, odat boʻlmagan va koʻpincha favqulodda murakkab faoliyat 
sharoiti (dengiz flotida xizmat qilish, geodezist, geologlarning taygada, togʻli 
joylarda) ish olib borishi. 
Insonning turli ish operatsiyalari sifatli bajarilishiga va mehnat unumdorligi 
ortishiga bevosita ta’sir etadigan psixik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish; 
Tashqi muxitning noqulay ta’siriga organizm chidamliligini oshirish. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə