Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
ilovepdf merged (2)

dars tuzilishi uch qismdan
iborat boʻladi: birinchisi 
oʻquvchi darsning vazifalarini xal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli 
ravishda 
tayyorgarlik qismi
deb ataladi; ikkinchisi - darsning asosiy vazifalarini 
bajarishga yoʻnaltirilgan qism, u shartli ravishda 
asosiy qism
deb yuritiladi; 
uchinchisi - dars yakuni, u shartli ravishda 
yakunlovchi qism
deb ataladi. Darsning 
barcha vazifalari va mazmuni oʻzaro chambarchas bogʻlab amalga oshiriladi. 
Tayyorgarlik qismi 15-20 daqiqa
. Vazifasi - oʻquvchi uyushtirish, dars 
vazifasini tushuntirish, shugʻullanuvchilar organizmini boʻlajak jismoniy harakatga 
va mashqlarni bajarishga tayyorlash. Mazmuni-saflanish elementlari, gimnastik 
qayta saflanishlar, qoʻllar, oyoqlar, gavda bilan qoʻshimcha harakatlar qilib yurish, 
yugurish, sakrash, umumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari hamda oʻyinlardan 
foydalaniladi. 


Asosiy qism - 55-60 daqiqa. 
Vazifalar - darsning asosiy vazifalarini xal etish- 
yangi materialni oʻrganish, oʻtilgan materialni bajarishni takomillashtirish 
maqsadida takrorlash, oʻquvchilar harakat, malaka va koʻnikmalarini egallashlari, 
ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish koʻzda tutiladi.
Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi mashqlarning izchil 
davomi boʻlishi lozim. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu yerda ham oʻrtacha 
fiziologik samaraga erishish hamda boshqa mashq turlariga tayyorlash uchun 
qoʻllaniladi. Buyumlar bilan bajariladigan va qad-qomatni shakllantiruvchi 
mashqlar darsga xususiy vazifani xal etish - bu harakat turlarini oʻrganish uchun 
kiritiladi. 
Oʻquvchilarga har tomonlama ta’sir koʻrsatish va ular tomonidan koʻp 
miqdordagi harakatlarni egallashlari uchun darsning asosiy qismiga uchtadan 
toʻrttagacha jismoniy mashq kiritiladi. Oʻquvchilardan harakatchanlikni talab 
qiluvchi oʻyinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va oshib oʻtish) 
oʻtkaziladi.
Mazmuni - muvozanat saqlash mashqlari, toʻplar bilan bajariladigan 
mashqlar, akrobatik mashqlar, koʻp harakat qilib bajariladigan oʻyinlar va h.k. 
Darsning asosiy qismiga mazkur bosqich dasturida berilgan har qanday material 
kiritilishi mumkin. 
Organizmni zoʻriqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan soʻng oʻtkaziladi. 
Bu bilan yuklamani asta-sekin koʻpaytirish qonun-qoidalariga rioya qilinadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə