Мавзу: Маълумотларни узатишни муҳофазалаш йўли орқали телекоммуникация тизимлари модемларини такомиллаштириш


 ADSL muammolari va ularn hal qilish usullari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix27.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#124227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

 
5. ADSL muammolari va ularn hal qilish usullari 
Axborotli oqimlarni uzatganda iloji boricha maksimal tezlik, xatolikni 
minimal yuzaga kelish ehtimolligi bo’lishi lozim. Bunga uzatish quvvatini
Raqamli 
transport 
tarmog`i 
Moslashtiruvchi 
qurilma 
ADSL 
АТС 
ANT 
SHQ 
SHQ 
ADSL multipleksori 
Foydalanuvchi 
ADSL modemi 
Filtr 
Filtr 


48 
o’tkazuvchanlik oralig`ini oshirish yoki tizimlarni murakkablashtirish hisobiga 
erishish mumkin, bundan tashqari telekommunikatsiya tizimlari berilgan 
parametrlar bo’yicha chegaralanishga ega (bu erda quvvat va o’tkazuvchanlik 
oralig`i nazarda tutiladi). Boshqa tomondan esa tizimlarning ko’proq qo’llanilishini 
ta`minlash lozim. Foydalanuvchilarning maksimal soni, xizmatga chidamli 
imkoniyatga, kichkina kechikishga va interferentsiyadan maksimal himoyaga ega 
bo’lishi lozim. 
Afsuski ayrim narsalar yuqorida ta`kidlanganidek chegaralanishga ega. 
Bularga quyidagilar kiradi: 

minimal o’tkazuvchanlik oralig`i; 

quvvatning chegaralanishi; 

ajratiladigan chastota diapazonining chegaralanishi; 

texnologik tomondan chegaralanishi, masalan komponentlarning 
murakkabligi. 
Bundan tashqari ADSL ning tezkorligi, uning sifatini va abonent liniyasining 
uzunligini chegaralaydi; operatorlarga esa qurilmalar lozim. 
Hozirgi paytda juda yuqori o’tkazuvchanlik oralig`iga va uzoqaloqa 
masofasiga ega bo’lgan ADSL qurilmasi yo’q, operatorlar esa uncha yuqori 
tezlikka ega bo’lmagan, lekin yaxshi, zamonaviy tarmoq arxitekturasiga ega 
bo’lgan texnologiyani talab qiladi, masalan IDSL bazasidagi (128 Kbit/s) DSL ni 
va ikki sim orqali 768 Kbit/s gacha tezlikni ta`minlovchi HDSL ni (yuqori tezlikli 
DSL), Foydalanuvchilar uchun esa aloqa masofasining uzunligi bilan bog`liq 
bo’lgan muammolarni hal qilish lozim. 
Agar ADSL xizmati, ATS operatoridan uncha katta bo’lmagan masofagacha 
qo’llanilsa, ko’pgina mijozlar xizmatdan bebaxra qoladilar. 
ADSL ni qo’llagandama`lumotlar, dupleks shaklda, kabelning umumiy 
juftliklari bo’yicha uzatiladi. Uzatiladigan va qabul qilinadigan ma`lumotlar 
oqimini ajratish uchun ikki usuldan foydalaniladi; kanallarni chastota bo’yicha 
ajratish (FDM) va aks sado kompensatsiya (Echo Cfnceiation - EC) si. Kanallari 
chastota bo’yicha ajratilgan ADSL quydagi 11–rasmda

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə