Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109

 
34
Strabonni dunёga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli 
asaridir. Asarning 1-2- kitoblari  “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi 
va uning h’okimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi wrni va roli h’aqida 
gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning  Er tuzilishi h’aqidagi talimoti 
tanqid qilinadi, Er yuzini tavsiflash h’aqida umumiy tushuncha bkriladi. 
3-10- kitoblarida Evropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar 
Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan. 
Asarda Osiё mamlakatlariga katta wrin berilib, ular twg’risida 11-16 
kitoblarda malumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog’ishlangan. 
Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan 
avvalgi 146-31- yillar orasida bwlib wtgan voqealarni qwshgan. Afsuski, bu 
muh’im asar bizning zamonimizgacha etib kelmagan, lekin kning ayrim qismlari, 
xususan Wzbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning 
 
“Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan. 
Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va 
Marg’iёnaning tabiiy h’olati, shah’arlari, qisman ularga borish ywllari, Oxa 
(Harrirud), Oks va Yaksart darёlari h’aqida, Wzbekistonning qadimiy xalqlari – 
saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toh’arlar h’amda xorazmliklar va ularning 
kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va etiqodi, shuningdek Parfiya va 
Baqtriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki ah’voli va 
wzaro munosabatlari h’aqida muh’im va qimmatli malumotlar mavjud. 
Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, 
maxsus xarita va tarh’lar bilan qwshib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, 
Berlin, 1831-1834) h’amda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, 
G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari h’am mavjud. 
 
 
4.3.9. PTOLOMEY KLAVDİY 
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashh’ur qomusiy olim, 
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, 
mexanika) h’amda geografiyaga oid asarlar ёzib qoldirgan. 
Jah’onga mashh’ur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, 
astronomiya va trigonometriya ilmlarini wz ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan 
iborat), “Germanlar h’aqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nih’oyat, 
“Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuh’rat keltirgan asarlari 
“Almagest” va “Geografiya”dir. 
“Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24- 
bobi jah’on mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. 
Shunisi muh’imki, asarda shah’arlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari 
keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan. 
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iёna, Baqtriya, Swg’diёna 
h’amda skiflar mamlakatining geografik h’olati, Baqtriya va Swg’diёnaning 


 
35
mashh’ur shah’arlari, shuningdek wsha mamlakatlar va ular bilan tutash wlkalar va 
ularning ah’olisi h’aqida asl va qimmatli malumotlar keltirilgan
15
.  
Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari malum 
darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, 
Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bwlib xizmat qildi. 
 
4.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
 
1.  B.A.Axmedov. Wzbekiston tarixi manbalari.-T.: «Wqituvchi». 2001.  
2.  Wzbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003.  
3.  Sadullaev A.S. Qadimgi Wzbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996.  
4.  Tolstov S.P. Qadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964.  
5.  Beruni. Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar.  
6.  Rtveladze E.V. Velikiy shelkovıy put.-T.: 1999.  
 
4.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 
1. 
Wzbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasizmi?  
2. 
«Shoxnoma» asarida Wzbekiston tarixiga oid qanday malumotlar bor?  
3. 
Hindlarning «Mah’obxorat» asarida qadimgi Wzbekiston twg’risida 
qanday malumotlar bor?  
4. 
Qaysi Yunon tarixchilari asarida İskandarning yurtimizga yurish aks 
etgan?  
5. 
Avestoda qanday tarixiy malumotlar mavjud?   
 
5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TARİXİ MANBALARİ 
 
 Darsning 
mazmuni: 
VI-VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan Sug’diy, 
Turkiy va Xitoy manbalari twg’risida malumotlar keltiradi.   
 
Reja: 
5.1. 
Muh’im siёsiy voqealar. 
5.2. 
Qadimgi Turk manbalari. 
5.3. 
Xitoy manbalari. 
5.4. 
Swg’d tilidagi manbalar. 
5.5. 
Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
5.6. 
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
 Asosiy 
tushunchalar:  eftaliylar, xeptal, h’aytal, ey – da, i – da, runiy ёzuv, 
Sug’d tili, biyiq.  
 
5.1.  Muh’im siёsiy voqealar 
                                                 
15
 Юқ. асар. 34-41 бетлар.
 


 
36
V-VI asrlarda Wzbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan 
bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan 
malumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.  
Eftaliylar juda katta h’ududda wz h’ukmronliklarini wrnatdilar. Ularning 
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bwylarigacha bwlgan erlar qarar edi. 
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniёn, Toxariston va Badaxshonni 
bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Eron shoh’i sosoniy Piruz (459-484 yy.) 
Eftaliylarga qarshi uch bor qwshin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat 
bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga wlpon twlab turishga majbur 
bwldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan kwp vaqt wtmay, 
Sharqiy Turkistonni h’am bwysundirishga muvaffaq bwldilar. 
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy 
Hindiston h’amda Sharqiy Turkiston ustidan h’ukm yurgizdilar. 
563-567- yillari turk xoqoni İstemi (Dizovul) Eron h’ukmdorlari bilan ittifoq 
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli erlarni bwysundirishga 
muvaffaq bwldi. Natijada Turk xoqonligi Amudarё va Orol dengizigacha 
chwzilgan wlkalar ustidan wz h’ukmronligini wrnatdi. U1 asrning uchinchi 
choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini h’am 
bwysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal 
qildilar. 
VI asr wrtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta er egaligi 
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda wzaro urushlar 
kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) h’ukmdorlari ustalik bilan 
foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk 
xoqonligiga bwlinib ketdi. 
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiёda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) 
Suy imperiyasi bilan kwp urushdi va wz mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu 
(620-630- yy.) davrida h’am bu kurash davom etdi. Wsha yillari turklar Xitoyga 67 
marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kwpaydi, meh’natkash xalqning ah’voli 
og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk 
xoqonligi ustidan wz h’ukmronligini wrnatilshga muvaffaq bwldilar. Lekin kwp 
wtmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qwzg’olon kwtardilar. Bunga dastlab 
Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslah’atchisi Twnyuquq 
boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G’arbiy turklar yana mustaqillikni qwlga 
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar 
natijasida G’arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bwlinib ketdi va keyinchalik 
uning wrniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi. 
G’arbiy turk xoqonligi h’arbiy siёsiy jih’atdan birmuncha qudratli edi. U11 
asrning wrtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bwlgan erlar 
qarardi. Uning ijtimoiy-siёsiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjwy, Buxoro, 
Samarqand, Choch, İspijob kabi shah’arlarning  wsishi va Xitoy, Eron h’amda 
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq h’am sabab bwldi. Manbalarda keltirilgan 
malumotlarga qaraganda, G’arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda h’ar yili katta 
yarmarkalar tashkil etilib, unda kwpgina xorijiy mamlakatlardan kelgan 
savdogarlar h’am qatnashgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə