Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasining tarkibi (tuzilmasi)



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Agrosanoat m

 
2.2. Agrosanoat majmuasining tarkibi (tuzilmasi)
Mamlakat agrosanoat majmuasi murakkab tarkibiy tuzilmaga ega bo’lib, uning 
tarkibi 4 ta sohadan tashkil tapadi. Iqtisodchi olimlar agrosanoat majmuasining 
tarkibi bo’yicha bir xil fikrga ega emaslar. Agrosanoat majmuasining tashkiliy-
iqtisodiy masalalariga bag’ishlangan yuzlab ilmiy maqolalar, monografiyalar e’lon 
qilingan va dissertatsiyalar yozilgan. Ayrim olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi 
6 ta, ayrimlari esa 5 ta, bir guruhi 4 ta va boshqa birovlari 3 ta sohadan iborat 
deyishgan. Ularning har biri agrosanoat majmuasini tarkibini ilmiy izlanishning 
maqsadi bo’yicha izohlagan. Agrosanoat majmuasining tarkibini ilmiy asarlarda 
belgilangan tasnifini birortasini inkor qilmagan holda uning tarkibini 4 ta sohaga 
bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu sohalar quyidagilardir. 
Birinchi soha. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari (tizimi) uchun ishlab chiqarish 
vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, 


30
traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, 
ma’danli o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun 
omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva 
mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar kabilar 
kiradi. 
Ikkinchi soha. Qishloq xo’jaligining o’zi. Bu soha agrosanoat majmuasining 
asosini, yadrosini tashkil etadi va majmuaning bashqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar 
asosan shu tarmoq mahsulotlari asosida faoliyat yurtadilar yoki xizmat ko’rsatadilar. 
Qishloq xo’jaligi o’z navbatida o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlariga bo’linadi. 
Bundan tashqari agrosanoat 
majmuasining 
ikkinchi sohasiga, pillachilik
asalarichilik, qisman o’rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o’simliklar 
yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi.
Uchinchi soha. Bu soha - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta 
ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar 
yig’indisidan iborat. Oziq-ovqat sanoati, paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, meva 
sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, Yog’-moy zavodlari, junni, kanopni, pillani qayta 
ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida 
olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi 
korxonalar shu sohaning tarkibini tashkil etadi.
To’rtinchi soha. Bu soha - agrosanoat majmuasi infratuzilmasidan iborat. 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi juda murakkab tarkibga ega. Su bilan birgalikda 
ularning ayrimlari o’z xizmat xususiyatiga ko’ra ishlab chiqarish hamda ijtimoiy 
infratuzilma tarkibigi kirishi mumkin. SHunga qaramasdan iqtisodiy tahlil qilishning, 
qarorlar qabul qilish uchun zurur sifatli ma’lumotlarni olish uchun uni tasniflash 
maqsadga muvofiq. Infratuzilmaning o’zi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi ishlab 
chiqarish infratuzilmasi bo’lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Mamlakat 
agrosanoat majmuasining umumiy ko’rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:


31
1-chizma. O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining tarkibi 
Ana shu 4 ta sohaga kiruvchi tarmoqlar birlashib, mamlakatning yagona 
agrosanoat majmuasini tashkil etadi. Agrosanoat majmuasining tarkibi juda 
murakkab bo’lib, u turli omillar ta’sirida davrlar o’tishi bilan o’zgarib, takomillashib 
boradi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida talab va taklif asosida ayrim 
tarmoqlar, sohalar yo’q bo’lib boshqalari shakllanadi va rivojlanadi. Agrosanoat 
majmuasining tarkibini o’zgarishiga qishloq xo’jaligi faol ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat 
qishloq xo’jaligi tarkibida yuz beradigan o’zgarishlar agrosanoat majmuasi 
tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Mamlakat agrosanoat majmuasi tarkibiga jahon 
АGROSANOAT MAJMUASI 
Agrosanoat 
majmuasi
tarmoqlari 
uchun ishlab 
chiqarish 
vositalari uchun 
ishlab 
chiqaruvchi 
soha 
Qishloq 
ho’jaligi 
sohasi 
Qishloq ho’jaligi 
mahsulotlarni 
tayyorlovchi, qayta 
ishlovchi, saqlovchi 
va tayyor 
mahsulotlarni 
istemolchilarga 
yetkazib beruvchi 
soha 
Infratuzilma 
Ishlab chiqarish 
infratuzilma 
Ijtimoiy 
infratuzilma 
Qishloq ho’jaligi 
mashinasozligi, 
kimyoviy 
mahsulotlar 
ishlab chiqarish 
sanoati, omuxta 
yem ishlab 
chiqarish sanoati, 
mikrobiologiya 
sanoati va 
boshqalar
Qishloq 
ho’jaligi, 
o’rmon 
ho’jaligi, 
baliqchilik, 
pillachilik, 
asalchilik 
Don mahsulotlari 
sanoati, paxta sanoati, 
yog’-moy sanoati, 
go’sht, sut sanoati, 
meva sabzavot sanoati, 
tamakichilik sanoati, 
yengil sanoat, oziq-
ovqat sanoati, qishloq 
ho’jaligidan olingan 
mahsulotlarni 
istemolchilarga 
yetkazib beruvchi 
(ulgurchi va chakana 
savdo) tarmoqlar. 
Tehnika ta’minoti 
va tamirlash 
hizmati, irigatsiya 
va melioratsiya 
hizmati, 
zooveterinariya 
hizmati, 
kimyoviy 
hizmatlar, 
biologik 
hizmatlar, aloqa 
va transport 
hizmatlari, va 
boshqalar.
Agrosanoat 
majmuasi uchun 
mutahasisilar 
tayyorlash tizimi, 
qishloq aholisi 
uchun maktabgacha 
ta’lim 
musassasalari, 
maktablar, sport 
tizimi, maishiy va 
madaniy hizmatlar, 
aholini ichimlik 
suvi, elektr 
energiyasi, tabiy gaz 
bilan ta’minlash, 
saoliqni saqlash 
tizimi, dam olish 
maskanlari va 
boshqalar 


32
bozorida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan kon’yukturaning o’zgarishi ham 
ta’sir ko’rsatadi. An’anaviy qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan
hududlarda turli sabablarga ko’ra tarkibiy o’zgarishlar yuz berib turadi. Chunki bozor 
qonuniyatlariga ko’ra har bir davlat ishlab chiqarish tarkibini shakllantirayotganda 
o’zining absolyut va nisbiy ustunligini aniqlab olishi lozim. Aks holda raqobatda 
yengiladi va bu ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqaradi. SHu 
sababli qishloq xo’jaligida doimiy ravishda ixtisoslashish jarayoni takomillashib 
boradi. Bu esa o’z navbatida mamlakat yoki hudud agrosanoat majmuasi tarkibini 
takomillashishiga olib keladi. Agrosanoat majmuasining tarkibining o’zgarishiga olib 
keladigan sabablardan yana biri tabiiy-iqlim sharoitlarida yuz beradigan 
o’zgarishlardir. Tabiiy-iqlim sharoitlarning o’zgarishi qishloq xo’jaligining ishlab 
chiqarish tarkibida o’zgarishlar yuz berishini talab qiladi. CHunki mintaqadagi 
tabiiy-iqlim sharoiti ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni umuman yoki 
qisman cheklab qo’yadi. Tabiiy-iqlim sharoit qishloq xo’jaligining ayrim 
mahsulotlarini yetishtirish uchun noqulay bo’lsa bu muammoni issiqxonalar 
yordamida hal etish mumkin. Lekin bu mahsulotlarning tannarxi nisbatan yuqori 
bo’ladi va buning iqtisodiy natijalarga ta’siri odatda salbiy bo’ladi. Agrosanoat 
majmuasining tarkibiga fan, texnika va texnologiyaning ta’siri ham katta. Fan, 
texnika va texnologiyaning rivojlanishi odatda mamlakat agrosanoat majmuasi 
tarkibiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari ta’sirida 
agrosanoat majmuasining tarkibi takomillashib boradi. O’zbekiston Respublikasida 
asosiy e’tibor agrosanoat majmuasining birinchi sohasining imkon darajasida 
rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiq. Chunki O’zbekiston Respublikasida 
qishloq xo’jaligi texnikalari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan, 
saqlaydigan sohalarga texnikalariga talab katta. Hozirgi kunda respublika agrosanoat 
majmuasi ushbu texnikalarning salmoqli bir qismini xorijdan keltirishga majbur 
bo’lmoqda. Ushbu texnikalarga bo’lgan talabning importga qaramligi mamlakat 
agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. 


33
Respublika agrosanoat majmuasida alohida e’tibor uning infratuzilmasiga 
qaratilishi majmuaning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə