Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majumasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Agrosanoat m

2.3. Agrosanoat majumasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni 
Mamlakat iqtisodiyotida agrosanoat majmuasining ahamiyati va o’rni juda katta. 
Uning o’rni eng avvalo mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i balan 
belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning 50 
foizidan ko’prog’i agrosanoat majmuasida ishlab chiqariladi. Majmuaning ahamiyati 
eng avvalo uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning qimmati bilan belgilanadi. 
Gap shundaki, agrosanoat majmuasining oxirgi mahsuloti insonlar kundalik 
iste’moliga qaratilgan oziq-ovqat va insonlarning shaxsiy kiyim-kechaklari, uy-
ro’zg’or buyumlari hisoblanadi. Mamlakat agrosanoat majmuasida oziq-ovqatning 99 
foizidan ko’prog’i yetishtiriladi. Majmua mamalakatning oziq-ovqat havfsizligini 
ta’minlaydi.
Respublika agrasanoat majmuasi eksportbop mahsulotlar yetishtiradi va 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qattiq valyuta tushumini 
ta’minlashda faol qatnashadi. Mamlakat iqtisodiyotiga tushayotgan qattiq valyuta 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar 
qilishga, 
yurt 
havfsizligini 
ta’minlashga, 
ijtimoiy 
sohalarni 
rivojlantirish 
maqsadlariga sarflanadi. Hozirda qattiq valyutaning 60 foizdan ko’prog’i shu majmua 
mahsulotlarini sotishdan tushadi. 2005 yil natijalariga ko’ra mamlakatning tashqi 
savdosidan tushgan qattiq valyutaning 19 foizidan ko’prog’i paxta tolasini sotishdan 
olindi. 
Agrosanoat majmuasi mamlakatda mavjud ijtimoiy muammolarni yumshatishda 
asosiy rolni o’ynaydi. Majmua aholi uchun ish joylari beradi. Mamlakatda olib 
borilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadiga to’xtalib O’zbekiston Respublikasi 
prezidenti I.Karimov – “Sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish, tadbirkorlikni 
qo’llab-quvvatlash, kichik va xususiy biznes vakillariga keng yo’l ochib berish, 


34
ularning oldidagi to’siq-g’ovlarni olib tashlash, ijtimoiy muammolar, ayniqsa, 
ishsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz zarur”
*
degan edi. 
O’zbekiston Respublikasi aholisi 2005 yilning 1 sentyabr holatiga 26 mln. 
kishini tashkil etdi. Mamlakat aholisining o’rtacha yoshi nisbatan yosh hisoblanadi. 
Aholining 60 foizidan ko’prog’i o’smir va yoshlarni tashkil etadi. Bu holat mamlakat 
iqtisodiyoti oldida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. CHunki nisbatan yosh 
aholiga ega bo’lish aholining tabiiy o’siga nisbatan mehnat resurslarining tez 
o’sishiga olib keladi. Masalan, respublika aholisining tabiiy o’sishi 2000-2004 
yillarda yiliga o’rtacha 1,27 foizni tashkil etgan holda mehnat resurslari shu yillari 
ichida 2,3 foizga oshgan. Natijada aholining mehnat yoshiga to’lganlarini ish bilan 
ta’minlashni yaxshilash zarurati tug’iladi. O’zbekiston Respublikasi mehnat 
resurslarining iqtisodiyotda band bo’lganlarining 75 foiziga yaqini agrasanoat 
majmuasida ishlaydi. 
Mamlakat iqtisodiyotidagi asosiy tarmoqlar shu majmuaga kirganligi sababli 
asosiy fondlarning (aktivlarning) katta qismi agrosanoat majmuasida faloiyat 
ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining juda katta resurslari agrosanoat 
majmuasi tarmoqlarida joylashganligi uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu 
resurslarni takror ishlab chiqarish, mamlakat agrosanoat majmumasining rivojlanishi, 
aholining turmush darajasini oshirish to’g’ridan–to’g’ri shu majmuaning faoliyati 
bilan bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining faoliyati samarali bo’lsa, 
halqning turmush darajasi yuqori bo’ladi yoki aksincha. SHu sababli agrosanoat 
majmuasini rivojlantirish respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlaridan biri 
sifatida belgilangan. 
Respublika agrosanoat majmuasi mustaqillik yillarida chuqur tarkibiy, huquqiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni boshdan kechirdi. Olib borilgan islohotlar natijasida 
bozor munosabatlari rivojlana boshladi. 
*
Karimov Islom. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va 
bukulmas irodasiga bog’liq. -T.: “O’zbеkiston”, 2004.-32 b.


35
Bozor munosabatlarining rivojlanishi bozorning tarkibini belgilaydi. Bozorning 
tarkibining shakllanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jamladan, mulk shakli va xo’jalik 
yuritish usullari, tovar ishlab chiqaruvchilar va ularni iste’mol qiluvchilar soni, 
baholarni nazorat qilish darajasi, tarmoqqa kirish va chiqishda qo’yiladigan to’siqlar, 
munosabatlarning rivojlanganlik darajasi, davlat siyosati va boshqalar bozorning 
tarkibiga ta’sir ko’rsatadi. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi quyidagicha 
ifodalanadi. 
2-chizma. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi 
Iqtisodiy adabiyotlarda bozorning amal qilish mexanizmlari, unga davlatning 
aralashuvi darajasiga qarab uch turdagi bozor tipi farqlangan. Bularga: rivojlanmagan 
Agrosanoat majmuasi bozori 
Bozor infratuzilmasi 
Ixtisoslashgan bozorlar 
Bozor mexanizmlari
Tovar birjalari 
Ulgurji va charana savdo kor[onalari
auksion 
Yarmarkalar 
Vositachi, dallol 
(посредник) firmalar 
Reklama xizmati 
Axborot xizmati 
Konsaltign xizmati 
Auditorlik tashkilotlari 
Qisloq xo’jalik mahsulotlari 
va homashyo bozori 
Ishchi kuchi 
Ishlab chiqarish bozori 
Yer bozori 
Talab 
Taklif 
Raqobat 
Narx 
Agrar qonunchilik 


36
bozor; erkin bozor va tartibga solinib turiladigan bozorlar kiradi. Rivojlanmagan 
bozor – bu bozorda oldi-sotdi jarayonlari kuchli rivojlanmagan, odatda oddiy tovar 
ayriboshlash jarayoni yuz beradi. Bu bozorda tovarlarning natural ayriboshlanishi 
(barter) ko’proq amalga oshiriladi. Bu bozor to’yinmagan hisoblanadi. Erkin bozor – 
bu raqobatli bozor hisoblanadi. Bu bozorda juda ko’plab kichik va katta tovar ishlab 
chiqaruvchilar ishtirok etadi va ularning birortasi ushbu tovar narxini o’zgartirishga 
sezilarli ta’sir eta olmaydi. Tovarlar erkin sotiladi. Amaliyotda bunday bozorlar kam 
uchraydi. Tartibga solib turiladigan bozor – bu bozorning faoliyatiga huquqiy, 
iqtisodiy va tashkiliy chora-tadbirlar bilan davlat aralashib (tartibga solib) turadi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida davlat 
asosiy tashabbuskor tamoyiliga amal qilmoqda. Respublikada qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari bozori tez rivojlanib bormoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom 
ashyosi va oziq – ovqat bozorini tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin (3-chizma).


37
3-chizma. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq – ovqat bozorini tarkibi 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə