Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147
Agrosanoat m

 
Internet saytlari: 
1.
petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve. Uchebnik. 
2004,
http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html 
2.
petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve, 
Akademiya, 2003, 
http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm


26
3.
N.A. 
popov 
«Osnovi 
rinochnoy 
agroekonomiki 

selskogo 
predprinimatelstva», 
M: 
Tandem 
/EKMOS, 
2002,
http://family.taukita.ru/item22219310.html 
4.
N.A.popov. 
Ekonomika 
otrasley 
ApK. 
Kurs 
lektsiy, 
2002, 
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topic935&page1
5.
N.YA.Kovalenko, Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA», 
2004, 
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?page4&book88899
6.
www.bearingpoint.uz-
Ekonomika Uzbekistana 


27
2-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI VA TARKIBI 
 
2.1. Agrosanoat integratsiyasi. “Agrosanoat majmuasi” 
tushunchasi, uning mohiyati 
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib 
ketishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat 
taqsimoti va kooperatsiyasini rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan 
ajralib ketishi ularning ishlab chiqargan mahsulotlarini ayriboshlashni kuchayishini 
talab qildi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga talab asosan boshqa 
tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq ikkinchisiz mo’’tadil rivojlana 
olmaydi. Bu ularni integratsiyalashuvi zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq 
xo’jaligining rivoji ular o’rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanish uchun qayta ishlash sanoatiga tushadi. Buning 
natijasida qishloq xo’jaligi sanoat uchun xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa 
aylana boradi. Qishloq xo’jaligining oxirgi iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi 
kamayib boradi. O’z navbatida iste’molchilarga tayyor mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar (qayta ishlash sanoati) yaqinlashib boradi. Bu esa o’z navbatida 
tarmoqlararo integratsiyani kuchaytiradi. 
Keyingi yillarda ishlab chiqarish shu darajada yuksalib bormoqdaki
iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan juda chambarchas bog’lanib qolmoqda. 
Ularning bog’lanishi, ayniqsa, texnologik jihatidan bir – birini to’ldiruvchi 
tarmoqlarda kuchli. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda bu jarayon juda 
yorqin namoyon bo’lmoqda. 
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, uni 
tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi, qayta ishlangan tayyor mahsulotni 
iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir – biridan ajri holda 
tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tarmoqlar yagona bir tizimni tashkil etadi va ularning 
birgalikda mutanosib ishlashi provard natijaning samarali bo’lishini ta’minlaydi. 
Hozirda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan sanoatning bir butun ko’rinish 


28
olayotgani 
to’g’risida 
ko’plab 
misollar 
keltirish 
mumkin. 
Jumladan, 
“O’zmevasabzavotuzumsanoat- xolding” kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar, 
sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, shuningdek, issiqxonalar, parandachilik
fabrikalari bunga misol bo’la oladi. Bu sohalarda bir yuridik maqomga ega 
korxonada qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi va shu korxonaning o’zida 
u daslabki qayta ishlash jarayonidan o’tadi, ba’zan, to’la qayta ishlanadi. Bu 
korxonalarda ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi darajasidan yuqorilashib, ma’lum 
ma’noda sanoatlashib ketgan.
Agrosanoat 
integaratsiyasining 
yanada chuqurlashib borishi 
ob’yektiv 
jarayondir. Bu, albatta, qishloq xo’jaligining va umuman, agrosanoat majmuasining, 
iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir. 
Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan 
asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim 
sifatida shaklana boshladi. 
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni 
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib 
beruvchi, yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan, texnologik jihatdan ustun darajada 
bir biri bilan bog’langan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Iqtisodiy fan mamlakat, 
hudud va mahsulot turlari bo’yicha “agrosanoat majmuasi” tushunchalarini farqlaydi. 
SHunga ko’ra agrosanoat majmuasi: 
·
Mamlakat agrosanoat majmuasi; 
·
Hudud agrosanoat majmuasi; 
·
Ixtisoslashgan (go’sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot turlarini 
yetishtirish bilan shug’illanuvchi) agrosanoat majmualaridan iborat. 
Ixtisoslashgan agrosanoat majmualari ikkiga bo’linadi. Birinchisi, oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Ikkinchisi nooziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Bu agrosanoat majmualarining 
har ikkalasi ham alohida olingan tovarlar (mahsulotlar) bo’yicha agrosanoat 
majmualarini tashkil etadi.


29
Mamlakat agrosanoat majmuasiga qishloq xo’jaligi, agrosanoat majmuasi 
tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (qishloq 
xo’jaligi texnikalari ishlab chiqauvchi zavodlar, omuhta yem zavodlari, mineral 
o’g’itlar tayyorlovchi zavodlar va x.z.), qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi 
(paxta zavodlari, donni qayta ishlovchi elevatorlar, go’sht, sut kombinatlari, jun 
zavodlari, pillani qayta ishlovchi zavodlar va boshqalar), qayta ishlovchi va tayyor
oxirgi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar va xizmatlar 
kiradi. Bundan tashqari ushbu jarayonlarga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilma ham uning tarkibiga kiradi.
Hudud agrosanoat majmuasi esa ma’lum, bir hudud (iqtisodiy hududlar, 
viloyatlar, vohalar, ba’zan tumanlar) doirasida amal qiladi. Ularning tarkibiga ayrim 
korxona va tarmoqlar (respublika maqomiga ega bshlgan, mamlakatning barcha 
hududlari uchun xizmat ko’rsatadigan) kirmasligi mumkin. Masalan, agarda traktor 
yoki kombayn ishlab chiqaruvchi zavod o’sha hududda joylashmagan bo’lsa, region 
agrosanoat majmuasi tarkibga kirmaydi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə