Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“...Bas, sizlar (nomahram



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“...Bas, sizlar (nomahram 
erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa 
tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror 
topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) 
yasanishidek yasanmangizlar...”
(Ahzob surasi, 32-33-oyatlar). 
Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va 
g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi. 
Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Uch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham 
kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli 
(mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar”, deb marhamat qildilar. Ashobi kirom: 
“Dayus kim?”, deb so‘radilar. “Ahli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir”, deya 
javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Musulmonlarning ruxsat so‘rash odobi 
 
“Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz!. Mana 
shu sizlar uchun yaxshidir. Zora (bu gapdan) eslatma olsangizlar. Bas agar u 
(uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha 
ularga kirmangiz! Agar sizlarga “qaytinglar”, deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu 
sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni bilguvchidir. 
(Xususiy) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar 
foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh 
yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni 
ham bilur” 
(Nur surasi, 27-29-oyatlar). 
Bu oyatni keltirishimizga sabab, har bir uyda ayol bo‘lib, u turli holatlarda yurishi 
mumkin. Hozirgi zamonaviy uylarda ayol ko‘rinmaydigan tashqari hovlilar yo‘q, bunga 
imkon ham yo‘q. Shuning uchun bu oyatni ham bilib, unga amal qilish har bir musulmon 
erkagu ayolga farzdir.
Alloh taolo mo‘min qullarini chiroyli odob bilan odoblantirar ekan, ularni eng yuksak 
axloqqa da’vat etadi. Birovning uyiga kirishdan oldin ruxsat so‘rash kerakligini amr 
etadi. Kirgach, ichkaridagilarga salom berishni buyuradi. Toki, oralarida mehr-muhabbat 
paydo bo‘lsin. O‘zlariga oid bo‘lmagan uylarga iznsiz kirishni ta’qiqlaydiki, ular turli 
mushkul vaziyatga duch kelib qolmasinlar va ichkaridagilar og‘rinmasinlar. Kirish izni va 
salom shubhali holat ko‘tarilib ketishiga va hurmatga sabab bo‘ladi. Izn berilmagan 
taqdirda ortga qaytish eshikda kutishdan, ichkariga kirish qat’iyatidan va qayta 
so‘rashdan xayrlidir. Uy ahlining ruxsat bermasligida bir sabab yoki noqulaylik bor, yo 
bir uzrlari yoki ziyoratchini munosib qarshilashlariga mone bor hol mavjud. Borilgan 
uyda kimsa yo‘q bo‘lsa, kirish joiz emas. Chunki, maskanlar uchun ulkan ehtirom borki
u yerga kirmoq uy ahlining ruxsat berishi bilangina bo‘ladi. 
Maskan bo‘lmagan, insonlar foydalanishi uchun qurilgan karvonsaroy, hammom, 
oshxona kabi joylarga kirish uchun ruxsat shart emas.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə