Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari
1. Yuqoridagi oyatning nozil bo‘lish sababi shu rivoyatdan ma’lum bo‘ladi: Bir ayol 
Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, men xonamda hech kimning, 
hatto otam va bolam ko‘rishlarini istamaganim bir kiyimda yuraman. Bunday kiyimda 
ekanimda yonimga birov beruxsat kirib qolsa, nima qilaman?”, dedi. Shundan so‘ng: 
“Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga...”
oyati nozil bo‘ldi. 
2. Abi Xotam Muqotildan: 
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga...”
oyati nozil bo‘lganida Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.): “Quraysh tojirlari 
davomli ravishda Makka, Madina, Shom, Yaman, Quddus kabi joylarga boryaptilar. U 
yerlarda va yo‘llarda ularning tayinli boshpanalari yo‘q. Faqat umumiy va ichida doimiy 
o‘tirilmaydigan musofirxona, karvonsaroyga o‘xshash joylar bor. U yerlarga ham ruxsat 
so‘rab kirish kerakmi?”,-deb so‘radilar. Shundan so‘ng: 
(Birov uchun) maskan 
bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga...”
oyati nozil bo‘ladi. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
Qay hollarda uyga ruxsatsiz kirish muboh?
Oyatning zohiri barcha vaqt va hollarda uylarga iznsiz kirishning harom ekaniga dalolat 
etmoqda. Zarurat hollari bundan mustasno. Masalan, bir uyda yong‘in chiqishi, o‘g‘ri-
qaroqchi va talonchilar bosishi yoki o‘sha uyda din aniq ta’qiqlaydigan narsalar bilan 
shug‘ullanishganda shundan xabar topgan kishi iznsiz kirishi mumkin. Faxriddin Roziy bu 
xususda o‘z tafsirida atroflicha izohlagan.
 
Ruxsatsiz begona uyni kuzatishning hukmi qanday?
Bir kishi begona uyni kuzatishi qat’iyan harom. Faqat faqihlar begona uyni ruxsatsiz 
kuzatgan kimsaga jazo qo‘llashda; urishda, ko‘r qilishda ixtilof etganlar. 
1. Imom Shofe’iy (r.a.) va Hanbal (r.a.) fikrlariga ko‘ra uy ahli ruxsatisiz uyni 
kuzatganning (oynasidan qaraganning) ko‘zini ko‘r qilsalar, qasos olinmaydi. Kuzatuvchi 
(qarovchi) biror haq ham talab etolmaydi. 
2. Imom Molik (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) fikriga ko‘ra, oynadan qarovchining ko‘r etilishi 
jinoyatdir. Shuning uchun diyyati (jarima) beriladi yoki qasos olinadi. 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə