Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Ayollar ko‘radigan qon ikki xil



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Ayollar ko‘radigan qon ikki xil
1. Sahih qon – hayz muddatidan: 3 kundan oz, 10 kundan ko‘p bo‘lmagan haqiqiy 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
qondir. Nifos (nifoslik)da esa 40 kundan ko‘p kelmagan qon. 
2. Fosid qon – hayz va nifosdan boshqa qon. Fosid qon turli bo‘ladi: 
a) Hayz muddatining eng ozi 3 kun, undan ham oz vaqt kelgan qon – fosid qon; 
b) Hayzning eng ko‘p muddati 10 kun, undan oshgan qon – fosid; 
v) Nifos muddatining eng ko‘pi 40 kun, undan oshiq kelgan qonlar – fosid qonlar; 
g) Homiladordan kelgan qon – fosiddir; 
d) Kichik qizlar ko‘rgan qon –fosid;
e) Odatdan to‘xtash, qolish (menopaz) davrida ko‘rilgan qon – fosid qondir. 
Lug‘atda hayz – odat: oqinti ma’nosidadir. Hayz – bir ayolning bachadoni (rahmi)dan 
xastalik yoki ko‘z yorishdan tashqari ma’lum bir muddatda keladigan va ibodat qilishga 
to‘siq bo‘lgan qondir. Bunga “odat holi” ya’ni, “odat vaqti” deyiladi. 
Odat qoni ayol vujudining me’yoriy (normal) faoliyati va homila yo‘qligida har oyda 
keladigan qondir.
 
Hayz qonining paydo bo‘lishi
Rahm (bachadon) – bola tug‘ilguncha turiladigan, muhofaza etiladigan joy. Rahm – 
xazna (qindiloq)dan keyin keladigan ichki a’zo. Rahm ichiga “endometrium” 
(“Endometrium”) deyiladi. Baxmalday bir qatlam. Bu qatlam har oy tuxum to‘llaydiganga 
o‘xshab hozirlanadi, ya’ni, har odat davrida bir tuxum o‘sib yetiladi va nasl bo‘lishga 
tayyor holga keladi. Agar to‘llanish bo‘lmasa, ya’ni, homila bo‘lmasa, qisqa umrli tuxum 
va u bilan birga bachadonning eng ichki qatlami o‘ladi va qonab vujuddan tashqariga 
oqib chiqadi, ya’ni, hayz (muddati) boshlanadi. 
Odam (a.s.) va Havvo onamiz gunohkor bo‘lishib, jannatdan quvilganlaridan so‘ng, Alloh 
taolo Havvo onamizni homilador bo‘lishga, tug‘ishga va har oyda qon ko‘rishga hukm 
etdi. Bu hol ayollar uchun ilohiy bir nizom bo‘lib qoldi. Bu hol gunohlarga kafforat bo‘lishi 
ham zikr etilgan.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə