Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Mazhablarga ko‘ra odatlar muddati



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Mazhablarga ko‘ra odatlar muddati
Hanafiylarga ko‘ra: 9 yoshdan 50-55 yoshlargacha ko‘rilgan qon – hayzdir. Bu yoshdan 
avvalroq odatdan to‘xtaydiganlar ham bor.
Shofe’iylarga ko‘ra: qat’iy muddat yo‘q. Iqlimga qarab o‘zgaradi. Faqat 62 yoshdan 
keyin to‘xtashi g‘olib (ustun)dir. 
Ba’zi ayollarda odat kunlari sobit emas. Doimo o‘zgaradi. Masalan, bir oy 5 kun, boshqa 
oyda 6 kun odat ko‘rishlari mumkin. Bu holda ehtiyotlik bilan amal qilish lozim bo‘ladi. 
Shundayki, bu ayol 6 kun bo‘ldimi, cho‘milib-yuvinib namozlarini o‘qiydi, ramazon to‘g‘ri 
kelsa, ro‘zasini tutadi. Chunki, bu 6 kundagi qonning istihoza (xastalik) bo‘lish ehtimoli 
bor. Faqat 6 kun chiqmaguncha (tugamaguncha) jinsiy munosabat qilinmaydi. 
Ajrashgan bo‘lsa, iddati bitgan hisoblanmaydi. Zero, bu 6 kundagi qon hayz bo‘lishi ham 
mumkin.
Keksa ayollarda odat to‘xtashining aniqlanishi
Odat qoni, umuman, 45-50-55 yoshlarda to‘xtaydi. Bunga odatdan qolish davri 
(menopaz) deyiladi. 
Menopaz: ayol vujudida to‘l homila tuxumlarini yetishtirishning to‘xtash davridir. 
Menopaz sababi nima? Ayol keksaya boshlagach, tuxum yetishuvi ozayib, garmon ishlab 
chiqish to‘xtaydi. Shunda ayolning buzilgan tuxumlarining ziyodasi tashqariga chiqishga, 
demak oy ko‘rishga zarurati qolmaydi. Odatlar siyraklashib, bora-bora to‘xtaydi. 
Menopaz davrining muddati: bu mavzuda ma’lum bir qoida yo‘q. 10 yil, 5 yil yoki ozroq. 
Menopaz davriga bosh unsurlar; ayolning ruhiy va jismoniy ahvoli, jinsiy munosabatlar, 
sog‘lik va garmonlar holati, barcha a’zolarning ishlash hollari, yashash va hayot 
kechirish tarzi ta’sir qiladi. 
Har bir ayolning o‘ziga xos organizmiga ko‘ra, odat qoni bu yoshlardan avval yoki so‘ng 
ham to‘xtashi mumkin. Lekin ko‘pchilik ayollarda 50-55 yoshlarda odat to‘xtaydi. Homila 
umidi va ehtimoli qolmagani qabul etiladi. Bu yoshdan so‘ng ayoldan kelgan qon shar’an 
hayz sanalmaydi, istihoza (uzr)dir.


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə