Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi
Islomiy uy pok va go‘zaldir. U yerga ayolsifat erkaklar va erkaksifat ayollar kiritilmaydi. 
Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayoldek harakat qilgan erkaklarni va erkakdek 
harakat qilgan ayollarni la’natlaganlar va: “Ularni uylaringizdan chiqaring!”, deganlar. 
O‘zlari bundaylarni uylaridan chiqarganlari kabi, hazrat Umar (r.a.) ham chiqarganlar.
Hazrat Oysha (r.a.) jonli bir voqeani so‘zlaydilar:
“Madinada ayolsifat bir odam bor edi. Ayolga ehtiyoji yo‘q hisoblanardi. Ora-chora 
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari yoniga kelib turardi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) 
ichkari kirdilar. U xotinlaridan birining yonida so‘zlardi: “Oldindan qaralsa, qornida to‘rt, 
ortdan qaralsa, sakkiz buklangan ko‘rinadi”. Shundan so‘ng, Rasululloh (s.a.v.) 
xotinlariga: “Ko‘rdingizmi, bunday-bunday narsalarni biladi. Endi yoningizga hech 
kelmasin”,-dedilar”. 
Bir kun Rasullullohning (s.a.v.) huzurlariga qo‘liga xina qo‘ygan ayolsifat bir kishini 
keltirdilar. “Bu nima ish qildi?”, deb so‘radilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, bu xotinlarga 
o‘xshashga harakat qiladi”, deyishdi. Rasululloh u odamni Noki o‘rmoniga surgun qilishni 
buyurdilar. “Uni o‘ldiraylikmi yo Rasululloh”, deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) marhamat 
etdilar: “Alloh meni namoz o‘qiganlarni o‘ldirmoqdan man etdi”. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi?
Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari 
tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi. 
Bu diniy buyruqdan maqsad – qiz bola nomusini himoya qilmoqdir.
Hayz – odat ko‘rish
Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish Islomda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari 
bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir. 
Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar. Chunki poklik, namoz, ro‘za, 
Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha 
ibodatlar hayzga bog‘liqdir.
Nifos
Nifos: lug‘atda – ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan. Shariatda esa, bola yoki bolaning 
ko‘p qismi – (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi 
(bachadon)dan kelgan qondir. 
Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir. Ayol tahorat olib namozini 
o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark 
etmaydi. 
– Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi? 
– Ha, nifosli bo‘ladi.
Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z 
yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos 
emas, yaralidir. 
Nifos – tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl 
qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 . 
Imom Muhammad hazratlaridan ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish 
vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan. 
Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur. 
Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə