Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi oila 
a’zolari vafot etganda beriladi: 
• turmush o’rtog’i; 
• 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’iy nazar) 
bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari; 
ota-onasi
• bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustakil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya 
oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) 
oila a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi. Xodim vafot etganda dafn etish 
marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn o’tkazishni o’z zimmasiga olgan 
shaxslarga beriladi
.
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa 
ishlovchi xodimga
berilmaydi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. 
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida 
beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun uchun 
nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o’tkazgan shaxsga ikki oylik 
pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bulmagan 
miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsienti 
belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan 
bog’liq bo’lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsentini hisobga olgan 
holda aniqlanadi. Muddatli xarbiy xizmatga chakirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot 
etgan takdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so’nggi ish haqi to’langan 
kundan bir oydan ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi. 
Oliy, o’rta masus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik 
ordinatura, doktoruanturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari 
vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan yuborilgan bo’lsalar va ularning o’qish davridagi ish haqi to’la yoki 
qisman saqlanib qolgan bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə