Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II.8. Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II.8. Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish 
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to’lash fondi ustidan 
doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama 
haq va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlarning to’g’ri qo’llanilishi va hisoblanishi 
ustidan joriy nazorat o’rnatishi kerak. 
Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to’g’ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat 
funksiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi. 
Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona 
faoliyatini ifodalovchi boshqa ko’rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob 
va hisobotning joriy etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi. 
Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag’larni mahsulot (ish, xizmat)lar 
yoki daromad hajmining o’sish darajasi 0,7 koeffitsiyentiga to’g’rilangan ish haqi 
fondining baza darajasiga asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi 
kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag’lar bank tomonidan ish haqi fondining 
baza darajasida berilar edi. 
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’z mablag’laridan mustaqil foydalanish ko’lamini 
oshirish maqsadida respublikamizda ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul 
qilingan «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida korxona, tashkilot va muassasalarning 
bankdagi o’z hisobvaraqlaridagi pul mablag’laridan erkin foydalanishini yanada 
kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Хususan, ushbu Qarorning 3-bandiga 
muvofiq 2002 yil 1 sentabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o’z hisob raqamlaridan naqd mablag’larni 
topshirilgan naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo’yicha olish 
huquqi berilishi ko’zda tutilgan. 
Qarorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan 
qat’iy nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan 
mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o’tilgan. 
Shuningdek, 2002 yilning to’rtinchi choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy 
nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga mehnatga haq to’lash sifatida 
hisoblangan va amalda to’langan summalar hamda boshqa daromadlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to’g’risidagi 
ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab 
qo’yilgan.
Qarorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik 
shaxslarning mehnatga haq to’lash fondi ustidan nazoratni o’zlari yuritishini belgilab 
beradi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə