Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Iqtisodiy statistikaning usullari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
iqtisodiy statistika

1.2. Iqtisodiy statistikaning usullari 
 
Har qanday fan o‘zining predmetini turli xil o‘ziga xos usullardan foydalanish 
o‘rganadi. Shuning uchun ham fanning uslubi qanday? Qanday qilib? degan 
savollarga javob beradi. Ximiya Fani o‘z ob’ektining ximik tarkibini tahlil qilib, 
astronomiya – falokiyotni teleskop yordamida va h
о
k
а
zolar (eksperiment, sinov 
o‘tkazish) bilan o‘rganiladi. Lekin barcha fanlar uchun umumiy uslub, falsafaning 
dialektikasi hisoblanadi. Unga asosan barcha iqtisodiy-ijtimoiy hodisalar harakatda
bir-biri bilan bog‘liq holda o‘zgarishda, rivojlanishda deb qaraladi. 
Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining o‘ziga xos usullari statistika 
nazariyasida asoslab berilgan, hodisa voqealarni kuzatish, undan olingan 
ma’lumotlarni jamlash va maqsad asosida guruhlash, tegishli ko‘rsatkichlarni 
hisoblash va tahlil qilishdir. Statistikaning bu bosqichlari bir-biri bilan juda bog‘liq. 
Statistik kuzatishdan olingan ma’lumotlar voqea, hodisalarni to‘g‘ri va to‘liq 
ifodalashi lozim. Agarda kuzatishdan olingan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lmasa iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar holati va o‘zgarishi to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosalar chiqarilishi mumkin, 
agarda 
kuzatishdan 
olingan 
ma’lumotlar 
to‘liq 
bo‘lmasa 
ham, 
bunday 
ma’lumotlardan chiqarilgan xulosalar to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumki statistik 
kuzatish 2-shaklda: 1. muntazam ravishda va belgilangan muddatlarda to‘ldirib, 
topshiriladigan hisobotlar, 2 – mahsus tashkil etiladigan kuzatish olib boriladi. 
Statistik hisobotlar xalq xo‘jaligi tarmoq xususiyatlarini hamda o‘rganilayotgan 
hodisa mohiyatga qarab mahsus ko‘rsatkichlar kiritilgan jadvallardir. Bu hisobotlarni 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish faoliyatlari davrida 
moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan qanday foydalanganliklari to‘g‘risida 
tegishli ko‘rsatkichlarni to‘ldirib ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlarning to‘g‘riligi 
tegishli hujjatlar bilan asoslanadi va korxona rahbarlari javobgarligida amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə