Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
iqtisodiy statistika

2. Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar
bo‘yicha tasniflash 
Mamlakatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularni ishlab 
chiqarayotgan mahsulot turlari, bajarayotgan xizmatlarining bir xilligi, texnologik 
jarayonlarning o‘xshashliklari (ma’muriy-hududiy jihatdan qayerda faoliyat 
ko‘rsatishiga qaramasdan) bo‘yicha guruhlash mumkin. Misol uchun, non ishlab 
chiqarish texnologiyasi barcha hududlarga bir xil. Non ishlab chiqarish uchun un, 
yog‘ va shu kabi mahsulotlar ishlatilib, tez tayyor bo‘ladi va tez sotilib iste’mol 
qilinadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha 
birlashtirilib (guruhlashtirilib) xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar 
bajaradigan ishlarining mohiyati, xususiyati va ijtimoiy mehnat taqsimotiga qarab 
guruhlanadi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari ijtimoiy mehnat taqsimoti va mahsulot 
yaratishdagi qatnashishiga qarab 2 ta guruhga: moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan
va moddiy ne’matlar ishlab chiqarmaydigan soha tarmoqlariga bo‘linadi.
Xalqaro miqiyosda xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi (XATT) qo‘llanadi. 
XATT – ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketligi qoidasi bo‘yicha tuzilib, 
natural tabiiy resurslardan foydalanuvchi tarmoqlardan (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon 


10 
xo‘jaligi, baliqchilik va shu kabilar) boshlanib, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat, 
qurilish, aloqa, transport, moliya va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi.
Makrodarajada yagona tarmoq tasnifidan foydalanish firma, korxonalardan to 
yirik tarmoqlargacha, hamda mamlakat milliy iqtisodiyotigacha axborotlarni to‘plash, 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatini va o‘zgarishini nazorat qilish natijasida 
mamlakatni to‘g‘ri boshqarish va oqilona iqtisodiy siyosat yuritishga imkon beradi.
Iqtisodiy faoliyat xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi BMT tomonidan qabul 
qilingan bo‘lib, nafaqat alohida olingan mamlakat, balki dunyo miqyosida 
mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial rivojlanish ko‘rsatkichlarni taqqoslash va xalqaro 
mehnat taqsimotini yanada yaxshilash imkonini yaratadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə