Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


71 
Mavzu – X. YALPI ICHKI MAHSULOTNING HAJMINI HISOBLASH 
USULLARI 
 
Reja: 
 
1.
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati. 
2.
Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 
3.
Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash usulida hisoblash. 
4.
Yalpi ichki mahsulotni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash. 
1.
 
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati 
 
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
(yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy 
daromad va shu kabilar) ifodalaydi. 
Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan) 
keyin YAIM) ko‘rsatkichidir. YAIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha 
bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan 
xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. YAIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy 
mohiyati shundaki: birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari 
va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat
qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi 
tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining 
shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi 
xizmat turlari kiradi. 
Ikkinchidan, YAIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan 
mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom 
ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar 
qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan 
qiymatlar YAIMga qo‘shilmaydi. Demak YAIM da qaytadan – ya’ni takroriy 
sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa 
sarflar faqat bir marta hisobga olinadi. 
YAIM tarkibi quyidagicha: 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə