Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 YAIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
iqtisodiy statistika

4. YAIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash 
 
YAIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. 
Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan xarajatlar
(TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar 
eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi.


74 
YAIM = TXI+YAJ+EIS. 
Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: 

iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan 
summalar (TXX); 

natura shaklida olingan (mehnat haqi yoki boshqa tarzda) iste’mol 
tovarlari va xizmatlar (NTX); 

uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan 
tovarlar va xizmatlar (UITX); 

davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy 
is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi 
sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan harajatlar (DBNTJIX). 
Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy 
vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining 
o‘zgarishi (AMZO‘), sof harid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. 
Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli 
daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va 
asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik investorlari kabilar 
kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad 
olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan 
sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda 
olingan (harid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan 
chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. 
AVYAJ = AVS – AVX; 
Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: 
AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. 
MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini 
yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, 
lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. 
Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab 
chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun 
olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya 
balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li 
bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx 
o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma 
mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish 
(TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak 
moddiy 
aylanma 
mablag‘lar 
zaxiralar 
o‘zgarishini 
(AMZO‘) 
ularning 
o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. 
AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;
Sof harid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol 
qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho 
metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. 


75 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə