Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Mavzu XI. NARX STATISTIKASI



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
iqtisodiy statistika

Mavzu XI. NARX STATISTIKASI 
 
 
 
 
Reja: 
 
1.
Narxlarning mohiyati va narx statistikasining vazifalari. 
2.
Narxlarning tarkibi va narxning kuzatish usullari. 
3.
Narxlar indeksini hisoblash usuli. 
1. Narxlarning mohiyati va narx statistikasining vazifalari 
Jamiyatimizda ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotlarga – tovarlarga 
mehnat sarflanadi. Jamiyat miqyosida tovarlarning qiymati sarflangan ijtimoiy 
mehnat bilan o‘lchanadi. Boshqacha qilib aytganda, o‘rtacha zururiy mehnat. Narx 
esa, shu ishlab chiqarilgan tovarga sarflangan ijtimoiy mehnatning, ya’ni qiymatini 
puldagi ifodasidir. Narx jamiyat miqyosida qiymatning puldagi ifodasi ekan. Narx 
tovarning qiymati bilan belgilanadi, lekin u aniq bir tovar qiymatidan yuqori yoki 
past ham bo‘lishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarilayotgan 
tovarlarning narxlari erkin bo‘lib, talab va taklif o‘rtasida kelib chiqadi. Ayrim 
davrida talab kuchaysa, narxning oshishi, aksincha, taklif ko‘paysa, narx 
qiymatdan pasayishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning 
ahamiyati kuchaymoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o‘zining narx 
siyosatini olib boradi. Chunki, narx aholini turmush tarzini mamlaktning iqtisodiy 
rivojlanishni va boshqa makro-mikrodarajadagi asosiy ko‘rsatkichlarga ta’sir 
qiladi. Shuning uchun ham narxlarning holatini, ularning o‘zgarishni, inflyatsiya 
darajasini yaxshi o‘rganish lozim. Hozirgi vaqtda narxlar quyidagi asosiy 
vazifalarni bajaradi: 
1. Davlat narx siyosati orqali o‘zining iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
2. Narx talab va taklif muvozanatini saqlab, tovarlar ishlab chiqarish va 
ularning tarkibiga ta’sir qiladi. 
3. Narx tovar aylanishi tezligi, pul muomalasi va davlat byudjetiga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə