Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Narxlarning tarkibi va narxning kuzatish usullari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
iqtisodiy statistika

 
2. Narxlarning tarkibi va narxning kuzatish usullari 
Hozirgi paytda ulgurji, shartnomaviy, chakana narxlar mavjud. Har qanday 
narx tarkibi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy va mehnat 
harajatlaridan, soliqlardan va korxona foydasidan iborat. Ishlab chiqarish 
harajatlari Respublika Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 5 fevral 54-qarori bilan 
tasdiqlangan «Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatalr tarkibi 
va moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi to‘g‘risida»gi nizom asosida bo‘ladi. 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlarni bilamiz. Chakana narx bilan 
sotiladigan tovarlarga savdo tashkilotlarining harajatlarini qoplash va foyda olish 
uchun savdo ustamasi ham qo‘yiladi. Shunday qilib, joriy yildagi tovar oboroti : t/o 


q
1
p
1
. Bazisli tovar oborot: Baz. t/o = 

q
0
p
0
. Indeks tovar oborot: 
0
0
1
1
p
q
p
q
Ут


=



77 
Tovar joriy yildagi oborotning bazis yoki o‘tgan yilgi tovaroborotdan farqi 
quyidagicha topiladi: 
T/o mut.o‘zch. = 

q
0
p
0
.
Narxlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash mumkin.
1. Tovar (mahsulot) aylanmasiga qarab: narxlar – ulgurji, chakana, harid 
narxlariga, smeta qiymati (qurilishda) bo‘lishi mumkin.
2. Davlatni narxni shakllantirish ta’siriga qarab: davlat tomonidan qayd 
qilingan (fiksirovannie), regulirovka qilinadigan va erkin (bozor) narxlariga 
bo‘linadi.
3. Narxlarning vaqt (davr) omili bo‘yicha qo‘llanishiga qarab: doimiy, 
o‘zgaruvchan va sezonli narxlarga bo‘lish mumkin.
Narxlar baholar muhim iqtisodiy kategoriyalardir. Ularning o‘zgarishi 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, davlat byudjetiga (soliqlar 
bo‘yicha) aholi turmush darajasiga va umuman mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham narxlarni doimiy kuzatib, qayd qilib 
boriladi.
Davlat mulkiga asoslangan rejali iqtisodda narxlar qat’iy belgilangan 
bo‘lib, ular tovarlarning turlari, sifati va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan 
holda rpeyskurantlarda ko‘rsatilar edi. Preyskurantlar barcha tovarlar (mahsulotlar) 
bo‘yicha tuzilib, undagi ko‘rsatilgan narxlar maxsus registrlarda qayd qilinardi. 
Shunday qilib rejali iqtisodda barcha narxlar yoppasiga yalpi kuzatishda bo‘lgan.
Bozor munosabatlariga o‘tish, narxlarning erkinlashtirishi, narxning 
bozordagi talab va taklif asosida shakllanishi, ularni kuzatishni xalqaro tajribada 
qo‘llanilayotgan – tanlab kuzatishga o‘tishini taqozo etadi.
Tanlab kuzatish usulida vaqtni va narxni qayd qilish uchun vakil tovarlarni 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tanlama kuzatish rekrezentativligini ta’minlash 
uchun bir xil uslubda narxni qayd qilish zarur. Buning uchun narxlarni bir xil 
sub’ektlarda, bir xil sifatdagi tovarlar bo‘yicha, ma’lum bir vaqtda qayd qilish 
zarur. Narxlar asosiy oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha har kuni, boshqa tovarlar 
bo‘yicha belgilangan muddatlarda (hafta, bir oy) qayd qilinadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə