Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
iqtisodiy statistika

3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
 
MHT bo‘yicha YAIM uch xil uslub bilan hisoblanishi mumkin. 
YAIM – ishlab chiqarish usuli; 
- daromadlarni taqsimlash usuli; 
- pirovard iste’mol (foydalanish) harajatlari usullarida. 
YAIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va 
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat. 
YAIM = MR+XR. 
Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati MR = 
1092,6 birlik. 
Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa oraliq 
iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. 
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 
YAIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4
YAIM daromadlarni taqsimlash usulida barcha birlamchi daromadlarni 
jamlash yordamida aniqlanadi. 
YAIM = MX+S+YAF 
Bu yerda MX – xodimlarga hisoblangan mehnat haqi va undan ijtimoiy 
sug‘urtaga ajratilgan ajratmalar. 
S – ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlar: 
YAF – yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar. 
Bunda mehnat haqi asosan xodimlarga hisoblangan va to‘langan mehnat 
haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni o‘z ichiga oladi. 
Mehnat haqiga xodimlarga to‘langan barcha ish haqi turlarini jumladan 
natura tarzida berilgan, bayram va ta’til vaqt uchun berilgan mehnat haqlari ham 
kiradi. 
Ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlarga xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar yerdan, mehnat resurslaridan, mulkdan foydalanganlik uchun 


69 
to‘lanadigan soliqlar kiradi. (soliqlar ko‘p bo‘lib, ularga qqs, aksiz, yersolig‘i, suv 
resurslaridan foydalanish, yer osti va boshqalar). 
Import va eksport solig‘i, bojxona boji va shu kabilar kiradi. 
Yalpi foyda va yalpi aralash daromadlarga rezidentlar olgan daromadlari: 
korxonalar foydasi va shu kabilar kiradi. 
Pirovard iste’mol-harajatlar usulida YAIM uy xo‘jaligi, davlat boshqaruv 
muassasalarining tovar va xizmatlarning pirovard iste’molini, yalpi jamg‘armani,
tovar va xizmatlar eksporti va importi saldosini o‘z ichiga oladi. 
Uy xo‘jaligi tovar va xizmatlar pirovard iste’moli quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi.
- sotib olish uchun qilingan harajatlar; 
- natura shaklida mehnat haqiga olingan mahsulotlar iste’moli. 
Davlat boshqaruvi muassasalarining pirovard iste’moli uchun qilingan 
harajatlariga bu muassasalarni saqlash uchun ishlatiladigan joriy harajatlar kiradi. 
Yalpi jamg‘arish – asosiy kapitalning ko‘payishi, moddiy aylanma 
mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishidan, hamda boyliklarni sotib olishga sarflangan 
harajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Asosiy kapitalning ko‘payishi deganda asosiy vositalarni qabul qilingan 
summasidan – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati ayirib tashlanganiga 
teng. 
Moddiy aylanma mablag‘lar zahirasining ko‘payishi deganda, xom ashyo
materiallarning, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan harajatlarning, tayyor 
mahsulotlarining, tovarlarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan 
qiymatlarining farqi tushuniladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə