Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


64 
Mavzu IX. MAKROIQTISODIY FAOLIYAT NATIJALARI 
KO‘RSATKICHLARI 
 
 
 
Reja: 
 
1.
Milliy hisoblar tizimi mohiyati. 
2.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. 
3.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati. 
 
O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy 
aloqalar tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq 
xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar 
edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha 
tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarining asosini davlat korxonalari tashkil etgan, nima ishlab chiqarish va 
kimga sotish oldindan reja – buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar 
xizmat qildi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga 
asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish 
lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar 
tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi. 
O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va
statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy 
vazifalariga quyidagilar kiradi. 

Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta kurib chiqish, ularni 
xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish; 

Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini 
taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar 
tizimini yaratish; 

Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan 
me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha 
MHT schyotlarini ishlab chiqish; 

Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi 
hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish; 

Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga 
moslashtirish; 

Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish 
tizimini yaratish; 

Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat 
registrini tashkil etish; 

Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va 
berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat. 


65 
Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro 
andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan 
o‘tkazila boshladi. 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi 
ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda 
xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. 
«Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van 
Kliff 1941 yilda ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor 
iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan 
ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika 
byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini 
qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir 
qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika 
byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va 
nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi. 
1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navabatdagi 
sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida 
«O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul 
qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab 
chiqarildi va asta-sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirilmoqda. 
MHT yangi standartida iqtisodiyot sektorlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

nomoliyaviy korparatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat 
ko‘rsatuvchi); 

moliyaviy muassasalar sektori; 

davlat muassasalari sektori; 

uy xo‘jaligi sektori; 

uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori; 

Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori. 
Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy 
va shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ular mahsulot ishlab 
chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir. 
Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit 
hamda sug‘urta muassasalari kiradi. 
«Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan ishlab 
chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, 
turli xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi. 
Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga 
fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish uylari sanatoriylar hamda 
jamoa tashkilotlari kiradi. 
MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir 
tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning 
iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans 
ko‘rinishini oladi. 


66 
Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard 
mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini 
xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. 
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha 
jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu 
operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki 
harajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi. 
MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. 
Bular:

tovar va xizmat operatsiyalari; 

ayirboshlash operatsiyalari; 

moliyaviy operatsiyalar. 
Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, 
bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar 
o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi. 
Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqi, soliqlar, olingan 
daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi 
daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi. 
Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, 
kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda 
fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. 
Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish 
tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə