Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


 Xalqaro (mintaqaviy) standartlarni qo’llash



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

4.3. Xalqaro (mintaqaviy) standartlarni qo’llash 
Xalqaro standartlar iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ilg’or texnik va ishlab 
chiqarish tajribalarini, ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini, iste’molchilarning keng ommasi va 
davlat boshqaruv organlarining talablarini o’zida aks ettiradi. Ushbu standartlar dunyodagi 
ko’pgina davlatlar uchun qoida yoki umumiy prinstiplar hisoblanadi, shuning uchun 
xalqaro va mintaqaviy standartlarning milliy standartlar sifatida qo’llanishi milliy 
mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Shuning uchun standartlashtirish tizimini isloh qilishda xalqaro va mintaqaviy 
standartlarni qo’llash ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi lozim. 
Shu bilan birga, xalqaro standartlarni keng ko’lamda qo’llash qator sabablarga ko’ra 
anchayin murakab masala hisoblanadi. Bunday sabablarga milliy xavfsizlik talablari, 
aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki xavfsizligi, atrof muhit, texnologik, geografik, 


iqlim bilan bog’liq muammolarni kiritish mumkin. Biroq bu holatlarda ham milliy standart 
talablarining xalqaro standartlardan farqlanishini kamaytirishga intilish kerak. Bunday 
konstepstiyani Evropa Ittifoqi Kengashining “Evropada standartlashtirishning roli” 
to’g’risidagi 1999 yil 28 oktyabrdagi xalqaro standartlarga zid bo’lgan milliy standartlarni, 
hatto xalqaro standartlar samarasiz bo’lgan yoki qo’yilgan maqsadga mutanosib bo’lmagan 
hollarda ham bekor qilishga chaqirgan qarori ham yaqqol tasdiqlaydi. 
Shuni inobatga olish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o’rnatilgan 
standartlardan tashqari atamalar, o’rov-idish, tamg’alar yoki yorliqlarga hamda ularni aks 
ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikastiya qilishga, muvofiqlikni baholash uchun 
zarur bo’lgan sinovlar, o’lchovlar qoidalari va usullariga qo’yiladigan talablarni 
belgilaydigan yuzlab boshqa xalqaro va evropa standartlari qabul qilingan bo’lib, ular texnik 
reglamentlarni ishlab chiqish uchun normativ baza bo’lib xizmat qilishi kerak. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə