Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

2.5 Asosiy qoidalar 
 
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi texnik jihatdan tartibga solishga doir 
quyidagi vazifalarni hal qilish uchun tuziladi: 
inson hayoti va sog’lig’i, yuridik, jismoniy shaxslar va davlatning mol-mulki, atrof 
muhit xavfsizligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; 
tovarlar va xizmatlar savdosidagi texnik to’siqlarni bartaraf etish; 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg’ituvchi 
harakatlarning oldini olish. 
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir rioya etilishi majburiy bo’lgan 
talablarni o’rnatuvchi texnik reglamentlar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining 
normativ bazasi bo’lib hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qabul qilinadi. 
Umumiy texnik reglamentlar va maxsus texnik reglamentlar, shuningdek ularga 
qilingan o’zgartishlar va qo’shimchalar davlat va xo’jalik boshkaruvi organlarining texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari tomonidan O’zbekiston 
Respublikasining Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan dasturlar bo’yicha ishlab chiqiladi. 
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturining loyihasi Sog’liqni saqlash vazirligi, 
Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va boshqa davlat va xo’jalik 
boshqaruvi organlarining takliflari bo’yicha “O’zstandart” agentligi tomonidan tuziladi. 
Umumiy texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Maxsus texnik reglamentlar «O’zstandart» agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi
Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va boshqa davlat va xo’jalik 
boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tasdiqlanadi. 
Texnik reglamentlar,
 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan qoidaga binoan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar 
tomonidan tashkil etiladigan ekspert komissiyalarining xulosalariga asosan tasdiqlanadi. 
Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat 
fondi O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qaroriga binoan “O’zstandart” 
agentligi tomonidan shakllantirilishi lozim. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə