Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


 Standartlarni qo’llashning ixtiyoriyligi



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

4.2. Standartlarni qo’llashning ixtiyoriyligi 
 
O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni 
texnik reglament qabul qilinishi bilan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga standartlashtirish 
bo’yicha normativ hujjatlardan foydalanish ixtiyoriy tus olishini belgilab berdi (22 modda).
Bundan kelib chiqadi-ki, agar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga texnik reglamentlar 
tasdiqlangan bo’lsa, standartlashtirish bo’yicha yangi ishlab chiqiladigan normativ hujjatlar 
foydalanish uchun ixtiyoriy bo’ladi. 
O’z DSt ISO/IEC 2:2007 standartiga muvofiq “standart – konsensus asosida ishlab 
chiqilgan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan, umumiy va qayta-qayta foydalanish 
uchun turli faoliyat turlari yoki ularning natijalariga tegishli qoidalar, umumiy prinstiplar 
yoki tavsifnomalar belgilanadigan va aniq sohada tartibga solishning optimal darajasiga 
erishishga yo’naltirilgan hujjat”. 
ISO/IEC tarifi bo’yicha: xizmatlar, jarayonlar, tovarlarga oid har xil faoliyat turlariga 
tegishli standartlar konsensus asosida ishlab chiqiladi, ixtiyoriy yoki majburiy bo’lishlari 
mumkin. Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvi 
(STT) tarifi bo’yicha standartlar qo’llash uchun ixtiyoriy bo’ladi. 
Shu bilan birga, qator holatlarda standart talablarini bajarish majburiy bo’ladi: 


1.
Amaldagi qonunchilik, kontraktlar, shartnomalarda standartlarga rioya qilish 
bevosita ko’rsatilsa. 
2.
Agar xo’jalik sub’ekti (tadbirkorlik sub’ekti) mahsulotning malum standart 
talablariga muvofiqligi to’g’risida rasman e’lon qilgan bo’lsa ushbu standartga rioya qilish 
majburiy bo’ladi. 
Umumiy holda standartlar iste’mol xususiyatlari va tavsiflarini o’z ichiga oladi. 
Ixtiyoriy standartlarga xizmat, jarayon, mahsulotlarning raqobatbardoshligini 
ko’tarish maqsadida xavfsizlikka qo’yiladigan yuqori darajadagi talablar, (chunki, texnik 
reglamentlarda xavfsizlikning minimal darajasi belgilanadi); resurslardan oqilona 
foydalanish talablari; texnik va informastion moslik; o’zaroalmashuvchanlik talablari 
kiritilishi mumkin. Mahsulotlarning ushbu tavsiflari iste’molchi uchun muhim ahamiyatga 
ega bo’lishi mumkin. Shubhasiz, resurslardan noo’rin foydalanilgan, nomuvofiq bo’lgan 
yoki o’zaroalmashilmaydigan tovarni sotib olishni istaydigan iste’molchilar kamdan kam 
topiladi. 
Asos bo’luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnik standartlar foydalanish va rioya 
qilish uchun majburiy bo’lishi lozim. Standartlarni ishlab chiqish, o’zaro kelishish va 
tasdiqlash, mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, standartlarning turi va toifasini 
aniqlash, xalqaro, davlatlararo, evropa va xorijiy standartlarni qabul qilish, baholash va 
muvofiqligini tasdiqlash prostedurasi, akkreditlash, yuridik va jismoniy shaxslarni, 
laboratoriyalarni, xodimlarni attestatlash, tasniflash va kodlash va boshqa qoidalar hamma 
uchun bir xil bo’lishi kerak. Texnik jihatdan tartibga solish sharoitlarida standartlarni ishlab 
chiqish, tasdiqlash va foydalanishga halol ishlash amaliyoti kodeksi tomonidan jiddiy 
talablar qo’yiladi (bundan buyon - halol ishlash amaliyoti kodeksi) va ularga majburiy rioya 
qilinadi. BJST a’zolari davlat yoki nodavlat organlarining halol ishlash amaliyoti kodeksini 
tan olishi va unga rioya qilishini hamda standartlashtirish organlarining halol ishlash 
amaliyoti kodeksiga zid harakatlarga yo’l qo’ymasligini taminlaydi. 
Halol ishlash amaliyoti kodeksining asosiy talablari: 
- savdoda ortiqcha to’siqlar paydo bo’lishiga olib kelayotgan yoki to’siqlar 
yaratadigan standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish yoki qo’llashning oldini olish; 
-
standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishda konsensusga erishish, xalqaro, 
mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan qisman mos kelishlari yoki bir-birini 
takrorlashiga yo’l qo’ymaslik. 
Shunday qilib, standartlar ixtiyoriy bo’lishiga qaramasdan, ilmiy-texnik taraqqiyotni 
olg’a bostiruvchi kuch, milliy mahsulot raqobatbardoshligi va sifatini ta’minlaydigan 
muhim omil bo’lib qoladi, shuningdek jahon bozoriga O’zbekiston mahsulotlariga yo’l 
ochib beradi. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə