Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

TO’RTINCHI MAQOLA 
 
SHU MA’NODA HIKOYAT 
 
Bir podshoning oydek bir go‘zal qizi bor edi. Butun olam yigitlari unga oshiq edilar. U 
bir fitna manbai edi, chunki yarim uyquda bo‘lgan xumor ko‘zlari mastona boqib, dillarni 
maftun etardi. Yuzi kofurday oq, zulflari mushk kabi qop-qora va xushbo‘y edi. Obi 
hayot uning lablari armonida qurib qolgan edi. Agar jamolidan bir zarra ko‘rinsa edi, Aql 
o‘zini yo‘qotib, shaydo bo‘lardi. Agar shakar bu qiz labining ta’mini totiganda edi, 
xijolatdan erib, yonib ketardi. 
Qazoi taqdir bo‘lib, bir darvesh yo‘lda ketayotib, ko‘zi shu go‘zalga tushib qoldi. Bu 
sho‘rlikning qo‘lida yarimta qotgan non bor edi, uning joni novvoyda qolgan edi. Uning 
ko‘zi ushbu oyyuzga tushganda, qattiq noni qo‘lidan yo‘l ustiga tushdi. Ul qiz gadoning 
oldidan olovday o‘tib ketdi, unga qarab iliq kuldi va xushhol o‘tib ketdi. Gado ul oyning 
kulgusini ko‘rgach, hushidan ketib, yo‘l uzra yiqildi va tuproqqa belandi. Miskin gadoning 
yarimta noni va yarimta joni bor edi, bir zamonda har ikkisidan ham ajraldi. Na kecha
na kunduzlari qarori bor edi. Yig‘i va o‘rtanish zo‘ridan gapira olmasdi. Ul go‘zalning 
kulgisini eslardi, navbahor bulutiday ko‘z yoshi to‘kardi. Alqissa, yetti yil shunday 
oshufta hol edi, qizning ko‘chasida itlar bilan birga yotardi. Qizning qullari va 
xizmatkorlari hammasi bundan voqif bo‘ldilar. Ular birgalashib, gadoni o‘ldirish rejasini 
tuzdilar. Shunda buni bilgan qiz gadoni xilvatga chorlab dedi: «Sen kabi gadoga menday 
qizning juft bo‘lishi aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Seni o‘ldirish payiga tushganlar, qochib ket, 
joningni qutqar. Bunaqa ostonamda o‘tirma, tur, ket». 
Ul gado dedi: «Men seni ko‘rib, ishqingda mast bo‘lgan kunimdan beri jonimdan 
umidimni uzganman. Men kabilardan yuz mingtasining joni yo‘lingda har soatda fido 
bo‘lsin. Agar menday begunohni o‘ldirmoqchi bo‘lsalar, bitta savolimga lutf etib javob 
ber. Meni shubhasiz boshimdan judo qiladilar, ayt-chi, nega menga qarab kulding?» 
Qiz dedi: «Seni haqir va aftoda, behunar, ojiz ko‘rib, soqolingga kulgim keldi, ammo 
sening yuzingga kulish xatodir». Qiz shunday deb tutun kabi darvesh oldidan g‘oyib 
bo‘ldi. Nimaiki bor edi. yo‘q bo‘ldi, go‘yo aslida hech narsa yo‘q edi*. 
 
TO’TINING UZRI 
 
Og‘zini shakarga to‘ldirib pistoqi libos va oltin rangli tavqi bilan To‘ti o‘rtaga chiqdi. 
Har bir shohda uning parron toshidan nishona bor. Har yerda uning paridan yashillik 
qoidasi tuzilgan. So‘zlaganda guftoridan shakar tomar, shakar yeyishga ham chaqqonu 
uddaburo edi. Dedi: «Har bir toshyurak va nokas menga o‘xshaganga temir qafas 
yasaydi. Men ana shu temir zindonda qolganman, Xizr suvi orzusida o‘rtanuvchiman. 
Qushlarning Xizriman, shu bois kiyimim yashildir. Iloji boricha Xizr suvini ichib 
to‘ymoqchiman. Men Simurg‘ yonida toqat qila olmayman, menga Xizr chashmasidan bir 
qultum suv bo‘lsa, shunga qanoat qilaman. 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə