Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
ularni bajarishga imkoniyat yaratadi. Bu jihatdan oyoqlarning yomon ishlarga qo‘shgan hissasi oz 
emas. Shu bois namoz o‘qish oldidan oyoqlarning moddiy kirlarini yuvib, u sabab bo‘lgan gunohlarni 
ham eslab o‘tgach, mehribon va rahmli Alloh taolodan mag'firat so‘rash juda muhimdir. 
Tahorat olishga sabab va uning hukmi 
Faqat tahoratli holda bajarilishi zarur bo‘lgan amal tahorat olishning sababidir. Bu tahoratning 
dunyoviy hukmi. Uxroviy hukmi esa, oxiratda savob olishdir. 
Tahoratning vojib bo‘lish shartlari 
Tahorat vojib bo‘lishining yettita sharti bor: 
1. Aqlli bo‘lmoq (chunki telbalar ilohiy buyruqlarga masul emaslar). 
2. Balog‘atga yetganlik, chunki shariat buyruqlarini mukallaf bo‘lganlar bajarishga masuldirlar. 
3. Musulmon bo‘lmoq, chunki kofirlar namoz o‘qish kabi vazifalar bilan emas, imon keltirish bilan 
mukallaf bo‘ladilar. 
4. Tahoratda yuviladigan barcha azolarni yuvishga yetadigan suvga ega bo‘lmoq. 
5. Tahoratsiz bo‘lmoq, chunki tahoratning ustiga tahorat olish farz emas, mustahab amaldir. 
6. Hayz va nifosdan pok bo‘lmoq. 
7. Vaqt torligi. Tahorat qilish majburiyati malum vaqt avvalida erkin ado etilsa, vaqt toraygach, darhol 
bajarilishi shart bo‘lib qoladi. Chunki oxirgi vaqtda ham bajarilmasa, ortiq uni ado qilishga imkon 
qolmaydi. 
Tahoratning durust bo‘lish shartlari 
Tahorat durust bo‘lishi uchun uch shart mavjud: 
1. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning toza suv bilan to‘la yuvilishi (igna uchi qadar joy quruq 
qolsa ham, tahorat komil, durust bo‘lmaydi). 
2. Tahorat qilayotganida unga zid bo‘lgan hayz, nifos yoki siydik kabi narsalardan pok bo‘lish (tahorat 
paytida siydik tomchilari yoki tahoratni buzuvchi boshqa holatlar yuz bersa, tahorat durust bo‘lmaydi). 
3. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning sham, yog‘ (yog‘li bo‘yoq) kabi teriga suv yetib 
borishiga to‘sqinlik qiluvchi narsalardan pok bo‘lishi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə