Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
11. Birinchi quyishda badanni ishqalamoq.
12. Barcha a’zolarni beto‘xtov, ketma-ket yuvmoq.
G’usl odobi va makruhlari
G’usl qilish odobi tahorat olish odobi kabi bo‘lib, faqat g‘uslda qibla tomonga yuzlanmaydi.
Chunki
g‘uslda avrat joylar ochiq bo‘lishi mumkin.
Izoh: Nopok joy bo‘lgani uchun, yalang‘och holda, duo o‘qish uchun bo‘lsa ham, hammomda
gapirmaslik mustahabdir. Avrat joylariga qarashi harom bo‘lgan kishilar ko‘rmaydigan pana joyda
yuvinish ham mustahabdir. Payg‘ambarimiz, sallallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo hayo sohibidir,
yashiringan Zotdir. Shu bois hayoli va avrat joylarini yashirgan kishini sevadi. Sizlardan bir kishi
yuvinayotganida odamlar ko‘rmaydigan, pana joyni tanlasin ", mazmunidagi hadislari bilan mazkur
masalada musulmonlar qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib berganlar. Ayollar ham boshqa ayollar
orasida yuvinishga majbur bo‘lsalar, boshqalar ko‘rmaydigan pana joy topishlari zarur. Erkaklar
orasida esa ayollar yuvinishni boshqa qulayroq vaqtga qoldiradilar. Xoli joyda g‘usl uchun yechingan
odamning avratini boshqa odam ko‘rib qolganida, yuvinayotgan kishi emas, unga qaragan odam
gunohkor bo‘ladi.
Tahoratdagi makruh holatlar g‘uslda ham makruhdir.
Dostları ilə paylaş: