|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word nurul izoh ziyouz com docNifos.
Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun
malum chegara belgilanmagan.
IstihozaAbul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-IzohNifos.
Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun
malum chegara belgilanmagan.
Istihoza.
Ayollardan hayz paytida uch kundan oz va o‘n kundan ko‘p muddatda, nifosda esa qirq
kundan so‘ng ham (tomir yorilishi tufayli) keladigan qondir.
Tuhr (hayzdan poklanish) muddati
Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgilanmagan.
Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati
o‘n besh kun, nifos muddati esa qirq kun qilib belgilanadi.
Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar
Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom:
1. Namoz o‘qish.
2. Ro‘za tutish.
3. Qur’oni karimdan bir oyat miqdoricha o‘qish (zikr, sano va duo maqsadida duo oyatlarini o‘qish
joiz).
4. Qur’oni karimni yo biror oyatni g‘ilofsiz ushlash (oyat qog‘oz yoki matoga yozilgan bo‘lsa ham).
5. Masjidga kirish.
6. Ka’bani tavof qilish.
7. Jinsiy aloqa qilish.
8. Erkakning ayol kindigi bilan tizzasi orasidagi azolaridan foydalanishi.
Poklanish nima bilan tamomlanadi
Hayzning (o‘n kun), nifosning (qirq kun) muddati o‘tgach, g‘usl qilmasdan jinsiy aloqa qilish joizdir.
Hayz va nifosning eng ko‘p muddati o‘tmay turib, ayolning doimiy odati bilan qon to‘xtasa, g‘usl yo
tayammum qilib, namoz o‘qimagunicha yoki namoz uning zimmasida farz bo‘lmagunicha, jinsiy aloqa
qilishi mumkin emas. Buni shunday tushunish kerak: ayol hayzi to‘xtagach, g‘usl qilib namoz o‘qishi
uchun yetarli yo oshiqcha vaqt kechsa ham g‘usl yoki tayammum qilmay shuncha vaqt o‘tkazganidan
so‘ng eri bilan jimo qilishi mumkin.
Farzlarning qazosi
Hayz yoki nifos qoni to‘xtagach, ayol (Ramazonda bo‘lsa) ro‘zasining qazosini tutib beradi. Qazo
bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|