Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Nifos. Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun  malum chegara belgilanmagan.  Istihoza



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Nifos.
Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun 
malum chegara belgilanmagan. 
Istihoza.
Ayollardan hayz paytida uch kundan oz va o‘n kundan ko‘p muddatda, nifosda esa qirq 
kundan so‘ng ham (tomir yorilishi tufayli) keladigan qondir. 
Tuhr (hayzdan poklanish) muddati
Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgilanmagan. 
Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati 
o‘n besh kun, nifos muddati esa qirq kun qilib belgilanadi. 
Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar 
Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom: 
1. Namoz o‘qish. 
2. Ro‘za tutish. 
3. Qur’oni karimdan bir oyat miqdoricha o‘qish (zikr, sano va duo maqsadida duo oyatlarini o‘qish 
joiz). 
4. Qur’oni karimni yo biror oyatni g‘ilofsiz ushlash (oyat qog‘oz yoki matoga yozilgan bo‘lsa ham). 
5. Masjidga kirish. 
6. Ka’bani tavof qilish. 
7. Jinsiy aloqa qilish. 
8. Erkakning ayol kindigi bilan tizzasi orasidagi azolaridan foydalanishi. 
Poklanish nima bilan tamomlanadi 
Hayzning (o‘n kun), nifosning (qirq kun) muddati o‘tgach, g‘usl qilmasdan jinsiy aloqa qilish joizdir. 
Hayz va nifosning eng ko‘p muddati o‘tmay turib, ayolning doimiy odati bilan qon to‘xtasa, g‘usl yo 
tayammum qilib, namoz o‘qimagunicha yoki namoz uning zimmasida farz bo‘lmagunicha, jinsiy aloqa 
qilishi mumkin emas. Buni shunday tushunish kerak: ayol hayzi to‘xtagach, g‘usl qilib namoz o‘qishi 
uchun yetarli yo oshiqcha vaqt kechsa ham g‘usl yoki tayammum qilmay shuncha vaqt o‘tkazganidan 
so‘ng eri bilan jimo qilishi mumkin. 
Farzlarning qazosi 
Hayz yoki nifos qoni to‘xtagach, ayol (Ramazonda bo‘lsa) ro‘zasining qazosini tutib beradi. Qazo 
bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə