Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Tayammum qilib namoz o‘qish



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Tayammum qilib namoz o‘qish 
Tayammum qilgan kishi xohlaganicha farz, sunnat va nafl namozlari o‘qishi mumkin. Namoz vaqti 
kirmasidan avval tayammum qilish mumkin. 
Yarasi bor kishilar nima qiladi? 
Badanining aksar qismi yoki yarmi yarali bo‘lgan kishi junub bo‘lsa g‘usl o‘rniga, tahoratsiz bo‘lsa 
tahorat o‘rniga tayammum qiladi. Azolarining aksar qismi sog‘lom, ozgina qismi yarali bo‘lsa, 
sog‘lom joylarini yuvib, yarali joylariga mash tortadi. 
Izoh: Tahoratda yuviladigan azolarning aksariyati yoki yarmi yarali bo‘lgan kishining tayammum 
qilishi mumkin bo‘lganidek, tanasining yarmi yoki aksariyati yarali holda junub bo‘lgan kishi ham 
tayammum qilib, barcha ibodatlarni ado etishi mumkin. Yarali azolar kam-ko‘pligi azolarning soniga 
ko‘ra hisoblanadi. Agar bir kishining boshi, yuzi va qo‘llari yarali, bu yaralar ushbu azolarning 
ozgina qismini egallagan bo‘lib, oyoqlari sog‘lom bo‘lsa ham, u kishi tayammum qiladi. Chunki 
tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan azolarning aksariyati yaralidir. Bazi fiqh ulamolari ham tahoratda 
yuviladigan azolarning aksariyati yarali bo‘lsagina tayammum qilinadi, deydilar. Shuningdek, qornida 
yoki yelkasida badaniga suv tegsa zararlanadigan yarasi bo‘lsa, tanasining aksar qismi yarali 
kishilardek, janobatdan poklanish uchun tayammum qiladi.
Yarali kishi yuvinish bilan tayammumni qo‘shib, birgalikda qilmaydi (ya’ni xoh g‘uslda, xoh tahoratda 
bo‘lsin, bazi azolarini yuvib, ayni paytda tayammum ham qilmaydi, faqat tayammum qiladi). 
Tayammumni buzadigai narsalar 
Tahoratni buzadigan narsalar, tayammumni ham buzadi. Tahoratda yuviladigan azolarni yuvishga 
yetarli suvni topish hamda suvni qo‘llashga qodir bo‘lish ham tayammumni buzadi. 
Qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishilar
Agar qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida yarasi bo‘lsa, tahoratsiz namozini o‘qiydi, yuzidagi 
yarasi tuzalgach, bu namozlarning qazosini o‘qimaydi (qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida 
yarasi bo‘lmasa, yuzini yuvib namoz o‘qiydi). 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə