Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
MASH BO‘LIMI
Mahsiga mash tortish
Mahsiga erkaklar ham, ayollar ham tahorat qilayotganlarida mash tortishlari mumkin. 
Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lish shartlari 
Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lishi uchun yettita shart bor: 
1) Mahsi tahorat qilib, oyoqlar yuvilganidan so‘ng kiyilgan bo‘lishi kerak. Oldin oyoqlarni yuvib
tahoratni tamomlamasdan mahsini kiyish ham mumkin. Bu holda tahorat tamomlangunicha tahoratni 
buzuvchi hech bir amal sodir etmasligi kerak. 
2) Mahsi oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib yopishi zarur. 
3) Mahsi o‘rtacha odimlab kamida bir farsah (taqriban 80 km) beto‘xtov yo‘l bosishga imkon berishi 
lozim. Shu bois shisha, taxta va temirdan qilingan mahsilarga mash tortish joiz emas. Chunki bunday 
mahsilar insonga aziyat beradi. 
4) Mahsining to‘piqdan pastki qismida uchta barmoq sig‘adigan yirtig‘i bo‘lmasligi kerak. 
5) Mahsilar hech qanday bog‘ichsiz oyoqda turadigan darajada qalin bo‘lishi zarur. 
6) Mahsi oyoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. 
7) Har bir oyoqning oldi tarafida uch barmoq miqdori mash tortiladigan qismi bo‘lishi zarur. Bunga 
ko‘ra, oyog‘ining barmoqlar tarafi yo‘q kishi, tovon tarafi bo‘lsa ham, mahsiga mash torta olmaydi. 
Izoh: Agar oyog‘i to‘piq ostidan kesilgan bo‘lib, tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan qismi qo‘lning uch 
barmog‘i enidan oz qolgan bo‘lsa, sog‘lom oyog‘ining mahsisiga mash torta olmaydi. Chunki kesilgan 
oyoqning qolgan qismi mash qilinadigan miqdordan oz qolgani uchun, unga mash tortish joiz emas. 
Sog‘lom oyoqqa mash tortiladigan bo‘lsa, yuvish va mash tortish birgalikda bajariladiki, bu ham 
nojoizdir).
Mashning muddati
Mashning muddati muqim uchun bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz, 
ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan etiboran boshlanadi. 
Muqim kishi mash muddati o‘tmay, safarga chiqsa, mash muddatini safardagilar kabi tamomlaydi. 
Safar niyati bilan mash tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng, qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol 
mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə