Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
vojibdir.
Kiyim berilishi va’da qilingan yalang‘och kishi, namoz qazo bo‘lib qolishidan qo‘rqmasa, namozni
kechiktirishi zarur.
Suv
olish uchun paqir, arqon kabi anjomlar berish va’da qilingan holda quduq boshida kutib turgan
kishiga namoz vaqti chiqishidan qo‘rqmasa, anjomlar bilan taminlangunicha tayammumni kechiktirish
vojibdir.
Suvni axtarish
Yaqin orada suv bor deb o‘ylagan kishi, bexatar bo‘lsa, to‘rt ming qadam masofa orasida suv izlashi
vojibdir.
Kishi xalqi xasis bo‘lmagan bir joyda turgan bo‘lsa, (tayammum qilmasdan avval, suvi ko‘p bo‘lgan
biror) kishidan suv so‘rashi zarur. Agar u suvni faqatgina pul evaziga beradigan bo‘lsa, suv so‘ragan
kishining yeyish, ichish kabi zarur xarajatlaridan ortiqcha puli bo‘lsa, suvni sotib olishi kerak. Suv
uchun juda katta haq talab qilinsa yoki uni o‘z qiymatida sotib olishga puli yetmasa, tayammum qiladi.
Dostları ilə paylaş: