Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
Rukuda bosh bilan orqasini bir tekis tutadi, barmoqlari orasini ochgan holda tizzalarini ushlaydi va
kamida uch marta — "Subhana robbiyal ‘azim", deb tasbeh aytadi.
So‘ngra xoh imom bo‘lsin, xoh yolg‘iz o‘qiyotgan bo‘lsin, "Samiallohu liman hamidah", deb
rukudan boshini ko‘taradi va tik turadi.Muktadiy esa, faqatgina "Robbana lakal hamd", deydi.
So‘ngra "Allohu akbar" deb sajdaga boradi:
avval tizzasini, so‘ngra qo‘llarini va yuzini,
peshonasini va burnini ikki qo‘lining orasiga olgan holda yerga qo‘yadi:
bu holda qaror topgach,
kamida uch marta "Subhana robbiyal a’la" — deb tasbeh aytadi. Sajdada qo‘l va oyoq barmoqlarini
qibla tomonga yo‘naltiradi, tiqilinch bo‘lmagan
paytlarda qornini sonlaridan, tirsaklarini yonla-ridan
uzoqroq tutadi. Ayollar sajda qilayotganida qo‘llarini
yonlariga yopishtirib, qorinlarini sonlariga
tekkizadilar.
So‘ngra "Allohu akbar" deb, boshini sajdadan ko‘taradi va a’zolar qaror topgunicha o‘tiradi. Ikki
sajda orasida barmoqlari uchini tizza bilan teng holda oyoq ustiga qo‘yadilar. Keyin yana "Allohu
akbar", deb ikkinchi sajdaga
boradilar va xuddi avvalgidek, kamida uch marta tasbeh aytadilar. So‘ng
yana "Allohu akbar", deb, avval boshini, so‘ng qo‘llarini, keyin esa tizzalarini ko‘taradilar. Turayotib,
yerga tayanish yoki o‘tirib olishmumkin emas.
Ikkinchi rakat ham aynan birinchi rakat kabi o‘qiladi. Faqat sano va taavvuz aytilmaydi.
Dostları ilə paylaş: