Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

ْﻢُه
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ﻻِإ
 
َﻚَﻌَﺒﱠﺗا
 
َكاَﺮَﻧ
 
ﺎَﻣَو
 
ﺎَﻨَﻠْﺜِﻣ
 
اًﺮَﺸَﺑ
 
ﻻِإ
 
َكاَﺮَﻧ
 
ﺎَﻣ
 
ِﻪِﻣْﻮَﻗ
 
ْﻦِﻣ
 
اوُﺮَﻔَآ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ﻸَﻤْﻟا
 
َلﺎَﻘَﻓ
 
 
َﻦﻴِﺑِذﺎَآ
 
ْﻢُﻜﱡﻨُﻈَﻧ
 
ْﻞَﺑ
 
ٍﻞْﻀَﻓ
 
ْﻦِﻣ
 
ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ
 
ْﻢُﻜَﻟ
 
ىَﺮَﻧ
 
ﺎَﻣَو
 
ِيْأﱠﺮﻟا
 
َيِدﺎَﺑ
 
ﺎَﻨُﻟِذاَرَأ
)
٢٧
(
 
«Bas, 
(Nuh)
 qavmi orasidagi kufrga ketgan zodagonlari dedilar: «Seni 
(biz)
 xuddi o‘zimizdek 
(oddiy)
 
inson deb bilamiz va senga faqat bechorahol kishilargina 
(o‘ylamay)
 bir ko‘rishda ergashayotganini 
ko‘rayapmiz. Sizlarning bizdan ortiq joyingizni ko‘rmayapmiz. Balki, sizlarni yolg‘onchi deb gumon 
qilmoqdamiz».
(Hud, 27.)
Zodagonlar o‘zlarini kambag‘allar bilan birga teng bo‘lib Nuh (a.s.)ning da’vatlarini qabul etishga 
ko‘nmadilar, bunga ulardagi manmanlik yo‘l bermadi. Buning ustiga ular, Nuh (a.s.)ning huzuriga kelgan va 
imonni qabul etgan kambag‘allarni haydab yuborishni ham Nuh (a.s.)dan talab qildilar. Nuh (a.s.) esa ularga 
javoban shunday dedilar: 
 
ْﻢُﻬﱠﻧِإ
 
اﻮُﻨَﻣﺁ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ِدِرﺎَﻄِﺑ
 
ﺎَﻧَأ
 
ﺎَﻣَو
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
ﻰَﻠَﻋ
 
ﻻِإ
 
َيِﺮْﺟَأ
 
ْنِإ
 
ﻻﺎَﻣ
 
ِﻪْﻴَﻠَﻋ
 
ْﻢُﻜُﻟَﺄْﺳَأ
 

 
ِمْﻮَﻗ
 
ﺎَﻳَو
 
َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ
 
ﺎًﻣْﻮَﻗ
 
ْﻢُآاَرَأ
 
ﻲِّﻨِﻜَﻟَو
 
ْﻢِﻬِّﺑَر
 
ﻮُﻗﻼُﻣ
)
٢٩
(
 
«Men 
(sizlarning talabingiz bilan)
 imon keltirganlarni 
(huzurimdan) 
quvib chiqaruvchi emasman. Zero, 
ular Parvardigorlari bilan ro‘baro‘ bo‘luvchilardir. Lekin sizlarning johil qavm ekanligingizni ko‘rib 
turibman».
(Hud, 29.)
 
Alloh taolo Nuh (a.s.) qissalari orqali boylar va kiborlar bilan kambag‘al fuqarolar o‘rtasida biror tafovut 
yo‘qligini, kiborlar uchun hech qanday imtiyoz ham berilmasligini bayon etishni iroda qildi. Allohning huzuridagi 
huquq va vojibot-burchda hamma insonlar teng. Faqatgina taqvoli va ilmli insonlargagina dunyoda ham, 
oxiratda ham fazl beriladi: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
 
ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
َﺪْﻨِﻋ
 
ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ
 
ﱠنِإ
 
«Albatta, Alloh nazdida 
(eng azizu)
 mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir».
(Hujurot, 13.)
 
Alloh taolo «Nuh» surasidagi oyati karimada shundan ogohlantiradiki, agar boy va kiborlar Alloh 
payg‘ambarining haq da’vatiga quloq osganlarida, insonlar orasida tabaqalanish paydo bo‘lmas edi. 
4. Inson jasoratli va qat’iyatli bo‘lishi kerak. 
Nuh (a.s.) qissalaridan yana bir dars shuki, inson sifatlari 
orasida jasorat va qat’iyat juda katta fazilatdir. Bu fazilat bilan har qanday muammoni hal etish, har qanday 
qiyinchilikdan qutulib ketish mumkin. 
Alloh taolo Nuh (a.s.)ga ana shu fazilatni bergan edi. Qavm uni jinni deb masxara qildi, toshbo‘ron qilamiz 
deb qo‘rqitdi: 
 
ٍﻦﻴِﺣ
 
ﻰﱠﺘَﺣ
 
ِﻪِﺑ
 
اﻮُﺼﱠﺑَﺮَﺘَﻓ
 
ٌﺔﱠﻨِﺟ
 
ِﻪِﺑ
 
ٌﻞُﺟَر
 
ﻻِإ
 
َﻮُه
 
ْنِإ
)
٢٥
(
 
«
(Zodagonlar)
: «U 
(ya’ni Nuh)
 faqat bir jinni odamdir. Bas, uni biroz vaqtgacha kuzatib turinglar», - 
dedilar».
(Mu’minun, 25.)
 
َﻦِﻣ
 
ﱠﻦَﻧﻮُﻜَﺘَﻟ
 
ُحﻮُﻧ
 
ﺎَﻳ
 
ِﻪَﺘْﻨَﺗ
 
ْﻢَﻟ
 
ْﻦِﺌَﻟ
 
اﻮُﻟﺎَﻗ
 
َﻦﻴِﻣﻮُﺟْﺮَﻤْﻟا
 
)
١١٦
(
 
«Ular dedilar: «Qasamki, agar 
(da’vatingdan)
 to‘xtamasang, ey Nuh, albatta, toshbo‘ron 
qilinuvchilardan bo‘lursan!».
(Shuaro, 116.)
 
Nuh (a.s.)dagi ana shu jasorat va qat’iyatlik Allohga bo‘lgan imonlarining mustahkamligida, yaxshilik ham
yomonlik ham Uning xohish-irodasisiz amalga oshmaslikka ishonishlarida edi.
2.5. HUD (A.S.)
Hud payg‘ambarning qissalari Qur’oni karimda uch suraning yetti oyatida kelgan. 
Arabiston yarim oroli-Jaziradagi bir tog‘ vodiysida
(Yaman bilan Ummon orasida joylashgan Ahqof tog‘i yonidagi 
Hazramaut vodiysi)
Od qabilasi bo‘lib, ular nihoyatda baquvvat, sog‘lom, yeyish-ichishdan serob, ob-havosi yoqimli joyda 
farovon hayot kechirishardi. Hamma yerda buloqlardan suvlar oqib yotar, yerlari dehqonchilikka moslangan fayzli joy edi. 
Od qabilasining kelib chiqish tarixida Ibn Jarir Tabariy Vahb ibn Munabbahdan shunday nasab bayon etadi: 
«Som ibn Nuhning xotini Saliyb binti Batoviyl ibn Mahvil ibn Xanux ibn Qaynon ibn Odam (a.s.) edi. Undan bir 
necha o‘g‘il dunyoga keldi: Afxashz ibn Som, Ashvaz ibn Som, Lovaz ibn Som, Uvaylam ibn Som. 
 
Som ibn Nuhning yana bir Eram ibn Som nomli o‘g‘li ham bo‘lgan, lekin uning onasi Somning boshqa 
o‘g‘illarining onasi bilan birmi yoki boshqami ekanligi noma’lumdir. Nasab bilimdonlarining aytishlaricha, Od va 
Samud qabilalari Eram ibn Somdan tarqalgan zurriyotdir. 
Somning o‘g‘li Lovaz ibn Som amakisi Yofasning Shabaka ismli qiziga uylangan va undan Fors, Jurjon, 
Tasm, Amliyq ismli o‘g‘illar tug‘ilgan edi. 
Amliyq ibn Lovaz ibn Som avlodlariga «Amoliyqa» deb nom berilgan va ular juda ko‘p bo‘lib, turli yerlarga 
tarqalib ketgan edilar. Mashriqliklar, hijozliklar, shomliklar, misrliklar, kan’onliklar va Misr fir’avnlari 
amoliyqalardan edi. 
Bahraynliklar, ummonliklar Josim deb nomlanardi. Ular shaharlarda yashar edilar. 
Lovazning Fors nomli o‘g‘lidan forslar tarqaldi lar. Uning Tasm, Amliyq, Umaym va Josim nomli o‘g‘illaridan 
esa arablar tarqalib, ular tabiiy arab tilida gaplashardilar. Ularni «haqiqiy arablar» deyiladi. Ismoil 
payg‘ambarga nisbat beriladigan arablarni esa «arablashgan arablar» deyiladi. Chunki avval boshqa tilda 
so‘zlashadigan Jurhum qabilasi arablarga aralashgandan keyingina arab tiliga o‘tishgan. 
Somning o‘g‘li Eram ibn Som Avs nomli o‘g‘il ko‘rdi. Avs ibn Eram esa uch o‘g‘il ko‘rdi: G’osir, Od va Ubayl. 
G’osir esa Samud, Judays nomli ikki o‘g‘il ko‘rdi. 
Od, Samud, Amoliyqa, Umaym, Josim, Judays, Tasm avlodlarining barchasi arablar edi. 
Od qabilasi Arab dengizi va Adan qo‘ltig‘i sohillari bo‘ylab cho‘zilib ketgan Xazramavtdan Yamangacha 
bo‘lgan yerlarning hammasini egallagan edi.
Od qabilasining hukmdori Shaddod ismli kishi bo‘lib, xalqqa o‘zini Alloh deb tanitgan edi. Jannatga qiyos qilib bir 
shahar qurdirib, unga «Bog‘i Eram»
(Ibn Xaldun o‘zining tarix kitobida shunday yozadi: «Bu yerda (Hazramavtda) Eram 
nomli hech qanday shahar yo‘q. Bu napca xurofiy qissalardan bo‘lib, mufassirlarning zaiflari o‘z tafsirlarida rivoyat 
qilganlar. Ammo oyatda zikr etilgan «Eram» so‘zi qabila nomini bildiradi. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil 
Qur’onil Karim. Lubnon. 86-bet.) Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Eram Yer yuzida aylanib yuradi: ba’zida Shomda, ba’zida 
Yamanda, ba’zi vaqtda esa Hijozda. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 74-75-betlar.))
deb nom bergan edi. 
Qabila odamlari ularga shunday ne’mat va farovon hayotni muhayyo qilib bergan Allohga emas, balki, 
butlarga, sanamlarga va hukmdor Shaddodga sig‘inardilar.
(Z -102 .1988 (Talxis...))
Tarixchilarning xabarlariga qaraganda, Od qavmining uchta butlari bo‘lib, ular: Sado, Samud va Al-Habo
(Ibn Kasirning 
“Qisasul-anbiyo» kitobida Od qavmi butlarining nomlari Samad, Samud va Haro deb keltirilgan. 75-bet.)
deb nomlanardi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Ular but va sanamlarni o‘z qo‘llari bilan yasagan bo‘lsalarda, quvonch kelsa, sanamlarga sig‘inib shukr 
qilishar, musibatdan ham ularga iltijo qilar edilar. Keyinchalik u yerda fasod qo‘zg‘ab zo‘ravonlar tajovuz 
qilishib, zaiflarning ustidan hukmronlik qilishga o‘tdilar. 
Alloh ularni hidoyatga chorlash, Xudoni tanitish va sanamlardan voz kechishlari uchun Hud 
(To‘liq ismlari Hud ibn 
Abdulloh ibn Raboh ibn Al-Xalud ibn Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibo Nuhdir. Ba’zi nasab olimlarining aytishlaricha, Hud 
Obir ibn Sholix ibn Arfaxshad ibn Som ibn Nuhdir)

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə