Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


borar joyi do‘zax bo‘lur”



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə25/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

borar joyi do‘zax bo‘lur” (Moida, 72).

Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi zulmlardir.


Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan zulmidir.


137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib, uni suzdiriladi”.


Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim.


Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U


gunohlaridan kechadi.

Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir. Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu haqda xabar kelgan.


138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?” “Bizning nazarimizda muflis na dirhami, na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir”, deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Ummatimdan muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi,


zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib, do‘zaxga yuboriladi”.

Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit bo‘lishlik tavbadan qattiqdir!


Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni yomonliklardan qaytaradi”.


139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan


kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!”

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin.


Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni


duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi.

Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga


halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim!
Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra Allohga tavba qildi. Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan qishloqqa yetib borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi. Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib: “Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi? Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”.


Alloh taolo bilguvchiroqdir.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə