Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə30/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

(o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur” (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi.

“Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”.


161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi”.


Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”.


Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”. Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:


Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar” (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir”.

162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir”, dedilar.


Aytilgan edi: “Agar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz (ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: “Ey odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni ziyorat qilgin)”, deyilgan”.


163. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar, agar salom bilan bo‘lsa ham”.


Maymun ibn Mahron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo‘lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo‘lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon”.


Ka’b-ul Ahbor deydi: “Muso alayhissalom hamda bani Isroil uchun dengizni yorgan Allohga qasamki, albatta, Tavrotda yozilgan: “Allohdan qo‘rqing, ota-onaga yaxshilik qiling va qarindoshlarga silai rahm qiling, umringiz ziyoda bo‘ladi. Yengilingizni yanada yengil qiladi, qiyinchilikni ketkazadi”.

Alloh taolo rahmni kitobining quyidagi o‘rinlarida buyuradi:


Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: “(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar,

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə