Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Arktika ovchilari va baliqchilari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

Arktika ovchilari va baliqchilari. Arktikaning asosiy tub aholisi eskimos va aleutlar. Alyaska va Muz okeani sohillarida, Labrador yarim oroli va Grenlandiyada qadim davrlardan eskimoslar yashaydi. Ular o’zlarini inuit («odamlar») deb ataydilar. Aslida «eskimos» so’zi algonkin tilida «xom go’sht yeydiganlar», degan ma'noni anglatadi. Chunki, qadimiy davrlarda singa kasalidan saqlanish uchun xom go’sht iste'mol qilingan. Ular azaldan tulen, kit, morj, qutb ayig’i va shimol tulkisiga ov qilish va baliq tutish bilan shug’ullanib kelganlar. Ovchilik tufayli barcha zarur buyumlarga, ovqatga ega bo’lganlar: go’sht va yog’ taomga ishlatilgan, terilar kiyimga, kema yasashga va uy-ro’zg’or ishlariga sarflangan, tulen va morj yog’i bilan uylarni qizitganlar va yoritganlar, suyaklaridan esa mehnat qurollari yasaganlar, uy va kema qurishda ishlatganlar.
Eskimoslar jahondagi eng shimoliy xalq sifatida qutbning og’ir sharoitiga juda moslashgan. Ularning ov vositasi va qurollari maxsus tulen va morj terilaridan yasalgan baydarka tipidagi kichik kema (kayak) va katta kema (umiak), uzun ipga bog’langan yog’och sopli sanchqi: tosh yoki suyak uchli nayza (ba'zan uni otadigan maxsus qurol ham ishlatilgan) va o’q-yoy, turli xildagi tuzoqlar va suyakdan yasalgan qarmoqlardan iborat. Ba'zan qurol yasashda qo’shni janubiy hindi qabilalaridan almashib olgan mis ham ishlatilgan.
Arktikada o’rmonlar yo’q bo’lganligi tufayli eskimoslar qishda zo’r mahorat bilan muzdan uy tiklaganlar. Iglu deb atalgan muz
20 CTpanw h uapoflbi AMepHKH. O6m:nii o6sop, CeBepHas AMepuica. — M.: 1980, 58 6ex
uylarda tulen terisi to’shalgan va devorlarga osilgan, yog’i bilan isitilgan ham yoritilgan. Hozirgacha saqlanib kelgan bunday uylarda endi primus, kerosin yoki elektr lampa ham ishlatiladi. Ilgari go’shtni, asosan, xom holda iste'mol qilganlar. Qutbning qisqa yozida ayollar materikda o’sadigan turli yemishli ko’kat va ildizlar, klukva kabi tundra mevalarini yig’ib terganlar. Organizmga o’simlik taomlari yetmaganligi tufayli bug’u oshqozonida to’plangan yutqidan tayyorlangan ovqat eskimoslarning eng sevimli taomlaridan biri hisoblangan. Ba'zi eskimos oilalari qisqa yoz faslida materikka ko’chib konus shaklida teri yoki yog’och po’stlog’i bilan qoplangan chaylalar tiklaganlar. Ularning kiyimlari ham mahalliy sharoitga moslashgan boshdan-oyoq dengiz hayvonlarining terisidan yaxlit kombinezon va kapushon shaklida tikilgan bo’lib, erkak va ayollar-niki deyarli farqlanmaydi. Ammo bolali ayollarning egniga osilgan go’dakni solib, ko’tarib yuradigan teri xaltasi ham bo’lgan. Oyog’iga teridan tikilgan paypoq va etik kiyganlar. Ba'zan kiyimlari turli rangli terilar yoki jun bilan bezatilgan.
Hozirgi davrda eskimoslar, ayniqsa, Grenlandiyada, zamona-viy jihozlangan elektr va issiq suv bilan ta'minlangan ko’p qavatli uylarda ham yashaydilar; kiyimlari va taomlari ham ancha o’zgarib yevropalashtirilgan. An'anaviy transport vositasi sifatida chang’i va itlar qo’shilgan chanalardan foydalanishadi. So’nggi yillarda motorli kema va chanalar, miltiq va temir qopqonlar ishlatilmoqda.
Eskimoslarning ijtimoiy tuzumida XIX asrgacha urug’ jamoa-chilik munosabatlari saqlanib kelgan. Ular ikki-uch oiladan tashkil topgan kichik jamoadan iborat bo’lib, ota urug’iga o’tish davrida yashaganlar. Ammo urug’-qabilachilik munosabatlari og’ir tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bo’lmagan. Og’ir sharoit eskimoslarning dinlarida ham o’z aksini topgan. Kishi ustidan hukmronlik qilib turgan tabiat kuchlari har xil tabiiy hodisalarga, turli arvohlarga va «dengiz xo'jayini»ga sig’inish, sehrgarlik (magiya) va shomonizm kabi ibtidoiy dinlarni yaratgan. Ularda shomoniylik ibodati va turli mifologik tasawurlar rivoj topgan. Hozir eskimoslar orasida nasroniy dini ko’p tarqalgan.
Eskimoslarda qadimiy davrlarda amaliy san'at taraqqiy qilgan bo’lib, hozirgacha suyakka nozik o’yma naqsh berish va suyakdan turli buyumlar yasash saqlanib kelgan. Ular o’ziga xos qabila hayotidan olingan ayrim voqealar va hayvonlarni ovlash manza-ralarini zo’r mahorat bilan tasvirlaganlar. Uzoq qutb kechalari
muz va qordan tiklangan qorong’i yog’ chirog’li uylarda o’z xalqining kelib chiqishi to’g’risida rivoyatlar, quyosh, oy, tog’ va muzliklar, turli hayvonlar va devlar to’g’risida afsona va ertaklar aytishganlar.
So’nggi chorak asr davomida ro’y bergan o’zgarishlar tub aholi-ning faqat moddiy turmushdagina emas, maishiy va ma'naviy hayotiga ham ijobiy ta'sir o’tkazdi. Ayniqsa, Grenlandiya eskimos-larida zamonaviy ma'rifat kurtak otib, ona tilida yozma adabiyot-ning turli janrlari paydo bo’ldi, gazeta va jurnal chiqa boshladi, radioeshittirishlar olib boriladi. Amnio orolning Daniyaga qaramligi uning iqtisodiy va sotsial ahvolida o’z aksini topgan, bu holat daniyaliklar bilan eskimoslar orasida tengsizlik, turmush darajasining pastligi va siyosiy huquqlardan mahrum ekanligida yorqin namoyon bo’lmoqda. Alyaska va Kanada eskimoslarida go’sht va yog’ iste'mol qilish cheklangan, tibbiyot xizmati juda kam, ular milliy yozuvga ega emaslar. 70-yillardan boshlab eskimoslar mustaqillik va tenglik uchun faol kurashga kirishdilar. Ayniqsa, grenlandiyaliklarda bu kurash uyushqoqlik bilan olib borilmoqda va yaxshi natijalar ber-moqda.
Tinch okeanida, Alyaska yarim orolidan janubga cho’zilib ket-gan Aleut orollarida va Alyaskaning g’arbiy qismida eskimos-aleut til oilasiga oid qadimiy elatlar yashaydi.
Eskimoslarga maishiy turmush va madaniyati yaqin aleutlar ham XIX asr boshlarida dengiz hayvonlari bilan ov qilib tirikchilik o’tkazganlar. Ularning ov qurollari eskimoslarnikiday ammo teridan yasalgan baydarka, dengiz hayvonlarining ichagidan tikilgan suv o’tmaydigan plash, yog’ochdan yasalgan shlapa, o’ziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat xususiyatlari bilan ajralib tu-radilar.
Aleutlarning tarixiy taqdiri eskimoslarniki singari Shimoliy Amerika, ayniqsa, AQSH kapitali bilan bog’liq. Ular XIX asr oxirlarigacha urug’chilik jamiyati darajasida turgan qabilalardan bo’lib, har qahila o’ziga tegishli ov qiladigan joylarda o’troq holda yashaganlar. Uylari yarim yerto’la shaklida katta oilaga mo’ljallangan bo’lib, unda 30-40 qonu qarindosh kishilar istiqomat qilgan.
Aleutlarning ozgina qismi hozirgacha Rossiyaga tegishli Koman-dor orollarida yashaydi. Ular shu bugunga kelib erkin iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojga erishdilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə