Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə25/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

o’rmon ovchi qabilalari. Shimoliy Amerikaning sharqiy qismi-dagi subarktika o’rmonlarida Alyaskaning ichki hududlari va Kanadaning tayga qismida algankin va atapask til oilalariga mansub ovchi, baliqchi va terimchi qabilalar yashaganlar. Ular asosan, yowoyi bug’u (karibu), los, ayiq, yowoyi qo’y va buqa (bizon), tulen, kit va boshqa o’rmon ham dengiz hayvonlariga ov qilganlar. Daryo va ko’llarda baliq ovlaganlar, o’rmonlarda turli yeyishli va etildizli o’simlik mahsulotlarini yig’ib-terib kun kechirganlar.
Jonivorlarni ovlashda asosan, suyak yoki tosh uchli o’q-yoy, nay-za, pichoq, palaxmon, turli tuzoq, qopqon va to’rlardan foydalan-ganlar. Baliq ovida qarmoq, teri va o’simlik tolasidan ayollar to’qigan to’r hamda savatlar ishlatilgan. Qishda tennis raketkasiga o’xshash chang’i va it qo’shilgan yog’och chanalar bilan ko’chib ov qilganlar. Ko’chmanchilik turmush tarziga moslashgan ovchi hindilar konus shaklida o’rtasida tuynukli teri va yog’och qobig’i bilan qoplangan, ko’chishga qulay chaylalarda yashaganlar. Ayrim atapask qabilalari qishda yerto’lalarda istiqomat qilganlar. Daraxt qobig’idan uy-ro’zg’or buyumlari va hatto kema yasaganlar.
Karibu va los terisidan ayollar kiyimlar, maxsi (mokasin) va qo’lqoplar tikkanlar, mayda jonivorlarning terisi va juni bilan kiyimlarni bezatganlar, bosh kiyimi to’qiganlar. Ba'zan ishlab chiqarish qurollari va uy-ro'zg'or buyumlariga ham naqsh berilgan. Erkak va ayollar asosan, bir xilda yengi uzun ko’ylaklar kiyganlar, qishda kapushonli po’stin yopinganlar.
Shimolning o’rmon hindilari mustamlaka arafasida urug’chilik munosabatlarini saqlab, jamoa bo’lib yashaganlar va ov qilganlar. Qishda ular ayrim guruhlarga bo’linib, ko’chib yurganlar, yozda
235
daryo bo’ylaridagi qarorgohlarga to’planishib savdo qilganlar. XVII asrlardan mustamlakachilar bilan yaqin aloqalar o’rnatilib, mo’ynachilik maxsus sohaga aylanadi va mo’yna savdosi tovar ayirboshlashni kuchaytiradi. Subarktika ovchilari boshqa hindilar singari yevropaliklar tomonidan zo’rlik bilan o’z yerlaridan haydalmaganlar va qirilmagan. Chunki Shimoliy Amerika o’rmonlari chorvachilik va dehqonchilikka noqulay bo’lganligi tufayli mustamlakachilar bu yerga bostirib kirmaganlar. Ular aksincha, qimmatbaho mo’ynaga muhtoj bo’lib, mo’ynachilikni rivojlantirish maqsadida ovchi hindi qabilalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlaganlar. Yevropaliklar keltirgan temir qurollar (pichoq, bolta, iskana, keyin miltiq va hk.) hindilarning og’ir mehnatini ancha yengillashtirdi. Shuning uchun dastlab mo’yna savdosi yevropaliklar bilan hindilar orasidagi munosabatlarni katta fojiasiz rivojlanishiga sabab bo’lgan edi. XVII asrning 30-yillaridan boshlab missionerchilikning kuchayishi bu munosabatlarni yana ham mustahkamladi. Mahalliy atapask, kri qabilalari bilan kelgindi ka-nadalik fransuzlar va shotlandliklar orasidagi nikohlar natijasida bir-ikki asr ichida yangi guruh metislar ham paydo bo’la boshlaydi.
Hozirgacha algonkin va atapask qabilalarida ham matrilokal, ham patrilokal nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Bir necha juft oilalardan tashkil topgan kichkina urug’-jamoa ko’chib yurishga odatlangan. Ayrim vaqtlarda bayram yoki diniy marosim munosabati bilan muayyan joyda bir necha nikohdagi guruhlar to’planishgan. Odat bo’yicha, nikohdan keyin ma'lum davr kuyov xotin urug’ida joylashib, kelin haqi uchun xizmat qilishi keng tarqalgan. Jamoa ekzogamiya tartiblariga rioya qilishi shart bo’lgan. Barcha qabilalarda muhim masalalarni muhokama va hal qilishda hamma teng huquqqa ega bo’lsalar-da, eng keksa donishmand kishilar rahbarlik qilganlar. Ichki jamoa munosabatlarida «har kim o’ziga-o’zi xo'jayin» degan axloq qoidasiga rioya qilinadi.
Shimoliy o’rmon ovchi qabilalarida ibtidoiy din shakllari — totemizm, shomonizm, sehrgarlik, arvohlarga sig’inish keng tarqal-gan. Ular homiy arvohlar kishilarga «kuch-quvvat», kasalliklarni davolashga, ov qilishga yordam beradi, deb ishonganlar. Algonkin qabilalarda odamsimon xudolar va odamxo’r Vindigo nomli bahaybat maxluq to’g’risida tasavvurlar, murakkab marosimlar, ayiqqa sig’inish e'tiqodi muhim o’rinni egallagan. Ko’p asrlar davomida amalga oshirilgan missionerlarning diniy tashviqoti ham
236
zoye ketmagan. Mahalliy hindilar orasida nasroniy dini ham tarqalgan. Nasroniylik, ayniqsa, nikoh munosabatlariga zo’r ta'sir qilib, hozir hindilarda monogam nikoh o’rnatilishiga sabab bo’lgan. Atapask qabilalarida hindi va nasroniy diniy tasawurlari, odat va odob qoidalari aralashmasidan tashkil topgan yangi diniy harakatlar ham paydo bo’la boshlagan.
Mustamlakachilik siyosatining amalga oshirilishi natijasida, ayniqsa, shaharlarga ko’chirilgan hindilar orasida salbiy sotsial oqibatlar ro’y bermoqda. Masalan, ovchi qarorgohlarini tashlab shaharga ko’chgan chinpevayya qabila jamoasi so’nggi o’n besh yil ichida nihoyatda og’ir sotsial sharoitda ruhsizlik, ichkilikbozlik, avlodlar adovati, mayda xiyonat va qashshoqlik, savodsizlik va xurofot kabi fojiali ahvolni boshdan kechirmoqda21.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə