Moliyaviy tahlil



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/37
tarix18.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#111042
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtirish

III-bob bo’yicha xulosa 
Taxlil natijalari shuni ko’rsatadiki, demak xo’jalik yurituvchi subektlarda sof 
foyda miqdori miqdorini ko’paytirish, yanada yuqoriroq daromadga erishish 
imkoniyatini beradi. Sarf-xarajatlarni kamaytirgan holda yuqori daromadga ya’ni, 
tannarxni, davir xarajatlarini va soliq so’mmalarini kamaytirish hisobiga 
erishilishi mumkin. Tahlil natijalaridan shuni takidlash joizki , “GOLD PREMIUM 
PRODUCT” MCHJda 9010- “Sotilgan maxsulot (ish va xizmat)lardan olingan 
daromadlar” schyotining tarkibida har bir mahsulot uchun alohida so’b schyotlar 
ochishni joiz deb topdik. 9011-“Tayyor kolbasa mahsulotlarini sotishdan olingan 
daromad”, 9012-“Tayyor sir mahsulotlarni sotishdan olingan daromad”, 9013-
“Tayyor dudlangan go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”, 9014-
“Yarim tayyor go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”. Hisobning 
bunday tarzda joriy qilinishi ayniqsa investorlar uchun juda qulay bo’lib, xo’jalik 
yurituvchi subekt daromadlarining aniq tahlilini borishida ham katta yordam 
beradi. 


66 
Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subektlarning 
asosiy mezoni mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan daromad bilan 
belgilanadi. Xo’jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko’rsatkichi 
xo’jalik yurituvchi subektning asosiy va aylanma mablag’laridan samarali 
foydalanishni talab hamda ehtiyojga qarab ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishi, 
ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan 
bo’lishi, jaxon andozalari talabi doirasida ishlab chiqilishi, jahon bozorida o’z 
o’rniga ega bo’lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak, 
asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo’jalik yurituvchi subektning 
odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o’z 
sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lgan ko’payishlarni istisno etganda, o’z 
sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlardir. 
Xo’jalik hisobini muhim tamoyili xo’jalik yurituvchi subektning to’la 
mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o’z mablag’lari hisobidan to’liq qoplashidir. 
Demak bu , xo’jalik yurituvchi subektlar mahsulot sotishdan olgan mablag’idan 
o’zining hamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari daromadga ham ega 
bo’ladi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi 
subektda sof foyda miqdorini ya’ni daromadning ko’payishiga olib keladi. Oziq 
ovqat sanoati mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotini yitakchi 
tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini moderinzatsiya 
qilish, texnik texnologik qayta jixozlash hamda ishlab chiqarishni dversifikatsiya 
qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida “GOLD PREMIUM 
PRODUCT” MCHJning daromad manbalarining yildan – yilga salmog’ining 
oshishiga olib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik 
yurituvchi subektlar operatsion faoliyat daromadlari buxgalteriya hisobini amalga 
oshirishda xalqaro buxgalteriya hisobini standartlaridan samarali foydalangan 
holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlar tizimiga o’tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq 
qilinishi operatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha 


67 
yondashuvni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida mazkur yunalishni yanada 
chuqur tadqiq etishni talab qiladi. Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosan 
hisob tizimini yuritilishini va №18 BHXS tahlili ko’rib chiqildi. Mazkur 
standartlarning farqli jihatlari shundaki, xalqaro hisob standartlarida schyotlar 
tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart nomlaridan foydalaniladi. 
Xalqaro standartlarda xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat 
daromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina daromad 
sifatida tan olinadi. Shuni takidlab o’tish joizki, bugungi kunda respublikamizda 
MHXS ning xo’jalik yurituvchi subektlarda joriy qilingan operatsion faoliyat 
daromadlarining oshishiga, xorijiy investorlarni jalb qilish yunalishlarini 
takomillashishiga , qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga olib keladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, mazkur tadqiqot ishi o’zining 
dolzarbligi bilan ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan nazariy manbalarni 
o’rganish, xo’jalik yuritish subektlari operatsion faoliyati daromadlari hisobini 
tadqiq qilish amaliy malumotlarni o’rganish asosida quydagi xulosalarni chiqarish, 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi: 
1.
Tadqiqot ishi davomida iqtisodiy adabiyotlarni monografik o’rganish 
asosida xo’jalik yurituvchi subektlar operatsion faoliyati daromadlari mohiyati 
o’rganildi., Demak, daromad bu- iqtisodiyot subektining ya’ni, xo’jalik yurituvchi 
subekt faoliyati natijasida uning ixtiyoriga kelgan hamda mulkiga aylangan pul va 
moddiy shakildagi tushumlardir. Xo’jalik yurituvchi subektlardan olingan 
operatsion faoliyatdan olingan daromadlarga esa quydagicha ta’rif berilishi 
maqsadga muvofiq deb topdik: - “ya’ni, xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy 
faoliyati orqali kelib tushadigan va o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan 
tushumlardir”. Tadqiqot natijasida xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion 
faoliyat daromadlari bo’yicha schyotli bog’lanishlar takomillashtirildi, o’rganib 
chiqildi.
2.
Xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat daromadlari 
samaradorligini oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari 
ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon amaliyotida qabul 


68 
qilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini taminlash, bu bevosita xorijiy 
investorlarni jalb qilishda muhim zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar 
salohiyatin yanada oshirishga olib keladi.
3.
Xalqaro standartlar doirasida xo’jalik yurituvchi subektlarda hisob 
siyosatini shakillantirish sarmoyadorlar va har qanday foydalanuvchilar uchun 
tushunarli bo’lgan va samarali boshqaruvni taminlovchi moliyaviy hisobotlarni 
tuzish uslubiyatini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) 
asosida hisobotlar tuzushni yanada takomillashtirish natijasida, xo’jalik yurituvchi 
subektlarning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda malumotlarning ancha batafsil 
bo’lishini taminlaydi.
4.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan 
daromadlarning qo’shimcha daromadlari tarkibiga kiruvchi asosiy vositalarning 
eskirishini hisoblashda “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ xo’jalik 
yurituvchi subekti negizida tahlil qiladigan bo’lsak to’g’ri chiziqli eskirish 
hisoblash tizimi eng samarali va qulay usullardan hisoblanadi.
5.
Mahsulotni sotishdan olingan haqiqiy natijalarni aniqlab toppish. 
Bunda mahsulotning haqiqiy tannarxi ani qlanib, u sotish narxidagi qiymat bilan 
aniqlanadi va olingan ko’rsatkich ishlab chiqarishning moliyaviy natijasini 
bildiradi. Bu o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subektning rentabillik darajasini 
aniqlashda yordam beradi.
Yuqorida takliflar va tavsiyalarning xo’jalik yurituvchi subektlarda tadbiq 
etilishi operatsion faoliyatdan daromadlar hisobini takomillashtirish imkonini 
berishga xizmat qiladi. 


69 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə