Muallifdan


Otning vazifaviy shakllari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
 
Otning vazifaviy shakllari 
 
Otning vazifaviy shakllari quyidagilar: 
1)kichraytirish shakli; -cha, -choq (-chak); 
2) erkalash shakli: -jon, -xon, -oy.
3) hurmat shakli: -lar. Hurmat ma’nosini ifodalash uchun -lar dan 
oldin egalik qo‘shimchalarining bo‘lishi shart: dadamlar. 
4) qarashlilik shakli: -niki; 
5) o‘rin belgisi shakli: -dagi; 
6) chegara shakli: -gacha (-kacha, -qacha); 
7) O‘xshatish shakli: -dek (-day).
 
Otlarning ma’no turlari 
 
Otlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi 
predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra: 
atoqli
va 
turdosh
bo‘ladi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121 
121
Bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ajratib ko‘rsatuvchi 
otlar 
atoqli 
otlar deyiladi. Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini 
bildiruvchi otlar 
turdosh
otlar deyiladi. Atoqli otlar faqat birlikda 
qo‘llanadi. 
Asal, Arslon, Ra’no, Rayhon, Anor, Lola, Bahri, Juma,...kabi 
atoqli otlar turdosh otlar asosida; O‘lmas, Tursun, Turdi kabi atoqli 
otlar fe’l asosida paydo bo‘lgan. O‘z navbatida rentgen, xosiyatxon, 
nyuton, amper kabilar atoqli otlar asosida yuzaga kelgan. 
2. Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra 
aniq 
va 
mavhum
otlarga bo‘linadi. 
Sanash, ko‘rish, ushlash mumkin bo‘lgan otlar aniq otlardir: 
gilam, gul, ro‘mol
. Ko‘z bilan ko‘rib, ushlab bo‘lmaydigan, 
sanalmaydigan otlar mavhum otlar hisoblanadi: 
g‘am,alam, baxt, 
shodlik
. Mavhum otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda uslubiy 
ma’no anglashiladi. 
3. 
Yakka va jamlovchi
otlar. Yakka otlar alohida predmetni 
bildiradi: 
ro‘mol, ko‘zoynak , kitob
. Bir turdagi predmetlarni jamlab 
ko‘rsatuvchi otlar jamlovchi deyiladi:
 xalq, armiya, meva. 
 
Otlar ikki usul bilan yasaladi:
 affiksatsiya
(qo‘shimcha qo‘shish) 
va 
kompozitsiya
(so‘zlarni qo‘shish) 
Ot yasovchi qo‘shimchalar quyidagicha: 
1) Shaxs oti yasovchi: -chi, -gar, -kor, -kash, -shunos, -(u) vchi, -
(o)vchi, -dosh, -bon, -dor, -furush, -boz, -xo‘r, -paz, -soz, -do‘z, -xon, 
-go‘y, -ham, -iy, -vachcha. 
2) narsa-buyum oti yasovchi: -gich (-g‘ich,-kich,-qich), -ma, -m (-
im,um), -gi (-g‘i,-ki,-qi,-g‘u), -k,-q (-ik,-iq,-uq,-oq),-g‘in,-qin,-v,-uv,-
don. 
3) o‘rin-joy oti yasovchi: -loq,-zor,-iston,-poya,-goh,-obod. 
4) mavhum ot yasovchi: -lik,-chilik,-garchilik,-liq,-lashtirish. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə