Mundarija


-§. QISHLOQ Xo`JALIGI VA HUNARMANDCHILlKNIiNG AHVOLI IQTISODIYOTDAGI TURG`UNLIK' SABABLARI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

3-§. QISHLOQ Xo`JALIGI VA HUNARMANDCHILlKNIiNG AHVOLI IQTISODIYOTDAGI TURG`UNLIK' SABABLARI


XIXasr o`rtalarida mavjud bo`lgan ishlab chiqarish usullari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga halaqit berdi va o`rta Osiyo davlatlari taraqqiyotiga to`g`anoq bo`ldi. Biroq mavjud ahvol hukmdorlarni qanoatlantirar va mavjud davlat tomonidan sergaklik bilan muhofaza etilardi.

Tinimsiz urushlar, amaldorlar suiiste'moli, ochko`z hukmdorlarning hokimiyat uchun kurashlari sababli davlat o`qtin-o`qtin kasodga uchrar va vayron bo`lar edi. Bu hol XIX asrning ikkinchi yarmida o`rta Osiyo iqtisodiy hayotidagi turg`unlikning asosiy sababi edi.

Qishloq xo`jaligida eskirib ketgan ishlab chiqarish munosabatlarining saqlanib qolishi esa boshqa bir sababdir. Ming yillar awalgidek, oliy hukmdor yerning birdan-bir egasi bo`lib, u yerlarni mahalliy boylar va masjidlarga foydalanish va egalik qilish uchun taqsimlab berar edi. Xususiy mulkchilikning yo`qligi o`z navbatida, mablag`larni yerdan foydalanishga, dehqonchilikka, yerlar unumdorligini oshirishga sarflashdan hech qanday manfaat ko`rmaslikka olib kelgan edi.

o`rta Osiyoning asriy turg`unligini yuzaga keltirgan salmoqli omillardan biri uning tashqi dunyodan uzilib qolganligidir. Jahon savdosi iqtisodiy rivojlanish, ayniqsa, yirik sanoat taraqqiy etishining zaruriy shartidir.

XV asrdan, ya'ni o`rtayer dengizi portlarini yopib tashlagan Usmoniylar imperiyasi tashkil topishi natijasida Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati yo`qolishi va keyingi buyuk geografik kashfiyotlar sababli o`rta Osiyo tashqi bozorlardan uzilib qoldi.

Biroq, XIX asr o`rtalaridan boshlab, o`rta Osiyo davlatlari jahon savdosiga tortila boshladilar, bu hodisa tovar-pul munosabatlari rivojlanishi jarayonini jadallashtirdi, ichki bozorni shakllantirdi, mehnat taqsimotini va shaharning qishloqdan ajralib chiqishini tezlashtirishga imkoniyat yaratdi.

Hunarmandchilikning RIVOJLANISHI


Hunarmandchilik ishlab chiqarishi uy-ro`zg`or buyumlari, idish-tovoqlar, diniy marosimlarda ' ishlatiladigan buyumlar yasash bilan cheklanib qolgan edi. Shu tufayli bo`yoqchilik, ko`nchilik, shampazlik, sovunpazlik, yog`, un ishlab chiqarish rivoj topdi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi mayda, kustar shaklda bo`lib, u oddiy asbob-uskunalar, shuningdek, qo'1 mehnatiga asoslangan edi.

O’troq aholi yashovchi manzillar bilan ko`chmanchi chorvadorlar va chalao`troq ziroatkorlar o`rtasidagi ayirboshlash natijasida iqtisodiyotda birmuncha jonlanish ro'y berdi. Yirik hunarmandchilik markazlari ko`chmanchilarga ip-gazlama va ipak matolar, kiyim-kechak, sandiqlar, idish-tovoqlar, zeb-ziynatlar yetkazib berar, dasht aholisi shaharlarni namatlar, gilamlar, arqonlar, qoplar, jun, teri bilan ta'minlab turar edi.

Jun matolar ishlab chiqarish ancha kengaydi, qo`y va tuya junidan to`qilgan gilamlar, paloslar har bir uy uchun zarur buyum sanalardi. Ular ham ko`chmanchi, ham o`troq aholi orasida ko`p ishlatilar edi. Ko`chmanchi aholi ulardan o`tovlari, meshlari ustini yopishda ham foydalanar edilar. Jundan qoplar, arqonlar, qalpoqlar, paypoqlar va ot yolidan chachvon to`qilar edi.

Kustar ishlab chiqarishda paxtadan ip yigirish va gazlamalar to`qish ahamiyati jihatdan ikkinchi o`rinda turgan. Bo`zlar, ichki kiyim tikiladigan yumshoq matolar, salla va bosh kiyimlarga ishlatiladigan, chopon va ko`rpa astariga ishlatiladigan satin matolar to`qilar edi. Chopon tikish keng tarqalib, Buxoro, Xiva, Qo`qon, ayniqsa, Toshkentda yaxshi rivojlangan edi.

Texnika, ya'ni asbob-uskunalar o`ta oddiyligiga qaramasdan, naqshlar murakkabligi va tayyorlash sifati yuksakligi tufayli san'at asari darajasida baholangan matolarni ishlab chiqargan to`quvchilar sulolalari bo`lgani yaxshi ma'lum.

Samarqand va Farg`ona hududlarida, Buxoro va Xivaning ayrim joylarida ipakchilik, ya'ni atlas va ipak matolar to`qish rivojlangan edi. Ko`ylaklar, yaktaklar, ro`mollar, choyshablar tikiladigan shohi va yarimshohi matolar ishlab chiqarish keng tarqaldi. Kandakorlik, kulolchilik va sopol buyumlar, musiqa asboblari, bolalar o`yinchoqlari, zeb-ziynatlar bilan bog`liq bo`lgan hunarmandchilik turlari ham rivoj topgan edi.

Biroq bu davrda xonliklar hayotida savdosotiq katta rol o`ynadi. Hindiston, Eron, Afg`oniston, arab davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo aloqalari davom etdi.

Temir buyumlar va to`qimachilik mahsulotlarining deyarli barchasi faqat Rossiyadan olinar, o`rniga esa asosan paxtsi, jun va ipak jo`natilar edi. Asta-sekin xonliklar iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo-sotiqqa ixtisoslashgan yo`nalish kasb etib borar edi.

XIX asr boshida o`rta Osiyo Rossiya uchun to`qimachilik sanoati va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bozori uchun asosiy manbaga aylana bordi. Bu vaqtda Angliyaning Ost-Ind kompaniyasi o`rta Osiyoda monopol hukmronlik o`rnatish uchun boshqa davlatlarda sotilayotgan narxlardan past narxdagi mollarni olib kela boshladi. o`rta Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari to`g`risida ishlab chiqilgan reja Buyuk Britaniya Umum Palatasida tasdiqlandi.

Shunday qilib, bu davrda o`rta Osiyo mamlakatlarining bir-birlari bilan kelishmovchiliklariga, o`zaro kurashlariga va tashqi tajovuzlarga qaramay, ularning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi davom etaverdi.


QISHLOQ Xo`JALIGI


O’rta Osiyo ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi past darajada bo`lgan bir sharoitda aholiga dehqonchilikda mahsuldorlikni oshirishga yordam bergan ikkita muhim tabiiy ustunlik, ya'ni unumdor tuproq va qulay iqlim mavjud edi. Mintaqada paxta, bug`doy, suli, arpa, beda yetishtirilar edi. Bog`dorchilik va polizchilik ham rivojlangan edi. Bu yerda xilma-xil sabzavotlar, mevalar va poliz ekinlari, jumladan, piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun, tarvuz, olma, olxo`ri, o`rik, shaftoli, nok, yong`oq, bodom, anjir va ajoyib uzum navlari yetishtirilardi. Ipakchilik hamma joyda rivojlangandi. Deyarli har bir dehqon xo`jaligida o`z ehtiyojlari uchun va sotish uchun paxta yetishtirilar edi. Tamaki, chorva uchun asosiy yemish bo`lgan, ayni mahalda shahar va qishloqdagi kambag`al aholining asosiy ovqati hisoblangan makkajo`xori ham yetishtirilar edi.

Ko`chmanchi chorvadorlar tumanlarida zotli va qorako'1 qo`ylar, yirik qoramol, tuya va otlar ko`p miqdorda boqilardi. Chorvachilik mahsulotlari (jun,teri, go`sht, sut, yog` va boshqalar) O’rta Osiyo xalqlari iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynagan.

Ko`p yillik tajribalar natijasida o`rta Osiyo xalqlari dalalarni mintaqa sharoitiga moslashtirishda, bog`dorchilik va tomorqabop ekinlarni yetishtirish borasida ajoyib mahoratga ega bo`ldilar.

Ana shu mahorat yevropalik zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. "O’rta Osiyolik mehnatsevar kishi, — deb yozadi akademik A.Middendorf, — chidamliligi, ishga bo`lgan mehri, o`z kuchini sidqidildan sarflashi va mehnatda toblanganligi, ayni mahalda aql-zakovati bilan ajoyib ibrat namunasidir".



Yakunlarni chiqaramiz

-iqtisodiyotdagi turg`unlik sabablari: 1) o`zaro ichki urushlar; 2) yagona bozorning yo`qligi; 3) yerga xususiy mulkchilikning yo`qligi; 4) jahon bozoridan uzilib qolganligi edi;

-dehqon xo`jaligi asosi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikdan iborat edi;

-sanoat negizi kasana ishlab chiqarishdan iborat edi;

-Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqni kengaytirish yo`lga qo`yildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə